Tezkor-qidiruv faoliyati xodimlari va ularning oila a'zolarining, shuningdek tqfni amalga oshirishga ko'maklashgan shaxslarni ijtimoiy-huquqiy himoyasi Reja: Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila a'zolarini himoya qilish Himoya qilinayotgan shaxsga nisbatan xavfsizlik choralarining qo'llanishi Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila a'zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko'maklashayotgan shaxslarni, shuningdek ularning oila a'zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish 1. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila a'zolarini himoya qilish TQF to'g'risidagi qonun 22-moddasining 1-qismiga muvofiq, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xodimlari davlat himoyasida bo'ladi. Shuni qayd etib o'tish lozimki, O'zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi shaxslarni davlat tomonidan keng ko'lamli himoya qilishni ta'minlaydigan qonun hujjati hali qabul qilingani yo'q. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarni davlat tomonidan himoya qilish to'g'risidagi qonun loyihasi, shuningdek bunday himoya dasturi qonunchilik organlari tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, O'zR JPK 270-moddasi (Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash)ning 1-qismiga muvofiq, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a'zolari yoki yaqin qarindoshlariga o'ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo'q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o'zga g'ayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli ma'lumotlar mavjud bo'lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha'ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko'rishlari shart. Bunday vaziyatlarda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha'ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta'minlovchi barcha zarur choralarni ko'rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir (O'zR JPK 270-moddasining 2-qismi). Bunda ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud ma'lumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi lozim (O'zR JPK 270-moddasining 3-qismi). Shunday qilib, jinoyat protsessi ishtirokchilari, huquqni muhofaza qilish organlarining shaxsiy xavfsizligiga tajovuz qilinishi mumkin bo'lgan vazifalarni bajaruvchi xodimlari, TQFni amalga oshiruvchi xodimlarning xavfsizligini ta'minlash, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish, jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, O'zbekiston Respublikasida ko'rsatilgan shaxslar va ularning yaqinlari hayoti, sog'lig'i va mol-mulkini himoya qilish qonunchilik va normativ-huquqiy chora-tadbirlari tizimi mavjud. Davlat tomonidan himoya qilish choralarining turlari. Himoya qilinayotgan shaxslarga quyidagilar ta'minlanadi: - ko'rsatilgan shaxslarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish, shuningdek ularning mol-mulki saqlanishini ta'minlash maqsadida vakolatli davlat organlari tomonidan xavfsizlik choralarini ko'rish; - shu jumladan ularning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga tajovuz qilganlik uchun kuchaytirilgan jinoiy javobgarlikni nazarda tutadigan huquqiy himoya choralarini qo'llash; ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.8 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.8 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx