Tezkor - qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xalqaro aloqalari

Tezkor - qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xalqaro aloqalari

O'quvchilarga / Huquq
Tezkor - qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xalqaro aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xalqaro aloqalari Reja: O'zbekiston Respublikasi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarining o'zaro aloqasi Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning davlatlararo o'zaro aloqasi Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xalqaro darajadagi o'zaro aloqasi 1.O'zbekiston Respublikasi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarining o'zaro aloqasi TQFni amalga oshiruvchi organlar o'z faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida o'zaro aloqa qiladi. O'zaro aloqa ushbu organlar o'rtasida, qoida tariqasida, quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha va quyidagi asosiy qoidalarni hisobga olgan holda tuzilgan tegishli bitimlar asosida amalga oshiriladi: 1. TQTni o'tkazishda hamkorlik qilish. 2. Axborot ayirboshlash. Tomonlar o'zaro diqqatga sazovor bo'lgan yoki boshqa tomonning vakolatlariga taalluqli masalalar bo'yicha axborot (shu jumladan kino-, fotoaudio- va videomateriallar ko'rinishida) ayirboshlaydi va tomonlardan birining iltimosiga ko'ra bunday axborotni qo'lga kiritish choralarini ko'radi. Tomonlar ayirboshlash bo'yicha olingan axborotdan foydalanishi axborotni bergan tomon belgilagan tartibda amalga oshiriladi va ularning manfaatdorligi obyektlari, axborot manbalari, birgalikda o'tkazayotgan tadbirlari, foydalanilayotgan kuchlar va vositalar oshkor bo'lishiga olib kelmasligi, shuningdek tomonlarning boshqa manfaatlariga zarar yetkazmasligi kerak. Axborot ayirboshlash jarayonida olingan axborot uchinchi tomonga faqat ushbu axborotni beruvchi tomonning roziligi bilan va u belgilagan hajmda berilishi mumkin. Axborot ayirboshlash tarkibi va tartibini tomonlar o'zaro ahdlashuvga ko'ra belgilaydi. 3. Tezkor-qidiruv ish yurituvi axborot to'plamlari va arxivlarni jamg'arish hamda ulardan foydalanish. Tomonlar o'z faoliyat yo'nalishlari bo'yicha o'zlari yaratuvchi axborot tizimlari ma'lumotlar bazalaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlaydi. Tomonlar o'rtasida ayirboshlanadigan ma'lumotlarning aniq ro'yxati, shuningdek ma'lumotlar berish, so'rovlarni bajarish, arxivlarning o'zaro aloqasi tartibini tomonlar o'zaro ahdlashuvga ko'ra belgilaydi. 4. O'z xizmat faoliyatida harbiy va maxsus texnika, maxsus vositalar, aloqa vositalaridan va xizmat faoliyatini ta'minlash uchun mo'ljallangan boshqa vositalardan foydalanish. Tomonlar mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, harbiy va maxsus texnika, maxsus vositalar, aloqa vositalari va xizmat faoliyatini ta'minlash uchun mo'ljallangan boshqa vositalar hamda niqoblash hujjatlarini ishlab chiqish, egallash va ulardan foydalanish bilan bog'liq masalalarni hal qilishda bir-biriga yordam ko'rsatadi. Tomonlar qonun bilan o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida o'tkaziladigan TQTni tashkil etishda bir-biriga ko'maklashadi. 5. Xususiy xavfsizlikni ta'minlash. Tomonlar ishda zaruriy konspiratsiyaga rioya etadi, o'z manfaatdorligi obyektlari, birgalikda o'tkazayotgan tadbirlari, foydalanilayotgan kuchlar va vositalar oshkor bo'lishiga yo'l qo'ymaydi, boshqa tomondan olingan hujjatlar va maxsus texnikadan foydalanish tartibini hamda ularning butligini ta'minlaydi. Tomonlar ularning xavfsizligiga, tomonlarning xodimlari va ularning oila a'zolari xavfsizligiga tahdidlar haqida o'zi xabar topgan ma'lumotlar to'g'risida, shuningdek boshqa tomon xodimlarining g'ayriqonuniy va ularni obro'sizlantiruvchi boshqa harakatlari haqida bir-biriga o'z vaqtida xabar beradi. Tomonlar o'z manfaatlariga daxl etuvchi ma'lumotlarning chiqib ketishi faktlari bo'yicha qo'shma xizmat taftishlari (tekshiruvlari) o'tkazadi. Zarur holda tomonlar xodimlar, ularning oila a'zolari va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.28 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.28 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga