Tezkor - qidiruv faoliyatini tashkil etish, hujjatlashtirish tartibi va organlarning hamkorligi

Tezkor - qidiruv faoliyatini tashkil etish, hujjatlashtirish tartibi va organlarning hamkorligi

O'quvchilarga / Huquq
Tezkor - qidiruv faoliyatini tashkil etish, hujjatlashtirish tartibi va organlarning hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

Tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etish, hujjatlashtirish tartibi va organlarning hamkorligi Reja: 1.Tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etish Tezkor-qidiruv faoliyati vositalari: mazmuni, tasnifi va qo'llanishga qo'yiladigan talablar. 2.Axborotni nooshkora tarzda olish uchun mo'ljallangan maxsus texnika vositalarining turlari. 3.Tezkor-qidiruv faoliyatida qaror tushunchasi. Qarorlarning asosiy turlari. Qarorga qo'yiladigan talablar. 4.Tezkor-qidiruv faoliyatida yuridik oqibatlarga sabab bo'ladigan, hujjatli rasmiylashtirilgan qaror turlari. 5.Tezkor-qidiruv muddatlari va ularning tasnifi. 6.Tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish: umumiy qoidalar. 7.Surishtiruv organi, tergovchi, prokurorga taqdim etiladigan tezkor-qidiruv faoliyati natijalariga qo'yiladigan talablar. 2. Tezkor-qidiruv faoliyati vositalari: mazmuni, tasnifi va qo'llanishga qo'yiladigan talablar TQF vositalari - tezkor-qidiruv faoliyati vazifalarini hal qilish uchun qo'llaniladigan texnik va boshqa asbob-uskunalar. Vositalar tasnifi 1. Texnika vositalari: 1) maxsus texnika vositalari: a) axborotni nooshkora usulda olish uchun mo'ljallangan vositalar; b) boshqa vositalar: - tezkor texnika (yashirincha olib yuriladigan metall topgich, portlovchi moddalar bug'larining o'ta ta'sirchan ko'chma gazoanalizatori, kichik gabaritli maxsus avtomatik fotoapparat, kichik gabaritli ultrabinafsha yoritgich, kichik gabaritli televizion kamera, elektromegafon va boshq.); - kriminalistik texnika (buyumlardagi qimmatbaho metallar ekspress-analizi uchun asbob, fotochaqmoq alohida quvvat manbasi uchun kuchlanishni o'zgartirgich, spektral televizion sistema va boshq.); - qo'riqlash texnika vositalari (kirishni nazorat qilish sistemasi, tashvishli signallarni qabul qilgich-uzatgach va boshq.); - kriminalistik tekshiruvlar o'tkazish uchun vositalar (kriminalistik obyektlarga ishlov berish uchun kamera); - qidiruv maxsus texnikasi (skanerlovchi qabul qilgich, yuqori va o'ta yuqori chastotali diapazonlar uchun nurlanish indikatori, binolar ichiga yashirincha qo'yilgan radioqurilmalarni tezkor aniqlash uchun keng polosali indikatorli portativ qabul qilgich, ovoz yozish qurilmalarini yashirincha aniqlash uchun portativ qurilma, yashirin radiotexnika vositalarini aniqlash uchun portativ qurilma va boshq.); - axborotni muhofaza qilish texnikasi (telefon maskiratori, xonalarni yashirincha eshitishdan muhofazalash qurilmasi, maxsus (muhofaza qilingan) ovozni kuchaytirish sistemasi, SHEHMni qo'shimcha elektromagnit nurlanishlari hisobiga axborot chiqib ketishidan himoya qilish uchun apparat vositasi va boshq.); - aloqa vositalari (ko'chma va portativ radiostansiya va boshq.); - maxsus avtotransport; - maxsus anjomlar va boshq.; 2) boshqa xil texnika vositalari (umumiy foydalaniladigan video- va audioyozuv, kino- va fotosuratga olish qurilmalari va boshq.); 2. Boshqa vositalar (axborot tizimlari va h.k.). Vositalarni qo'llashga qo'yiladigan talablar: - vositalar ulardan foydalanish jarayonida odamlar hayoti va sog'lig'iga hamda atrof muhitga zarar yetkazmasligi kerak; - TQFni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari albatta shaxsan ishtirok etishlari, ayni vaqtda mutaxassislar va ayrim fuqarolar yordamidan foydalanilishi lozim; - ayrim vositalar faqat muayyan subyektlar tomonidan qo'llaniladi; - axborotni nooshkora usulda olish uchun mo'ljallangan (ishlab chiqilgan, moslashtirilgan, dasturlashtirilgan) maxsus va boshqa texnika vositalari TQF to'g'risidagi qonunda bunga vakolat berilgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qo'llaniladi; - pochta jo'natmalari, telegraf xabarlari va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 75.73 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 75.73 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga