Tezkor qidiruv faoliyati tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va uning huquqiy asoslari

Tezkor qidiruv faoliyati tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va uning huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Tezkor qidiruv faoliyati tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va uning huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tezkor qidiruv faoliyati tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va uning huquqiy asoslari Reja: Tezkor-qidiruv faoliyati tushunchasining mazmuni. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari. ng huquqiy asosi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish. Tezkor-qidiruv faoliyati, ilmiy bilimlar sohasi sifatida, huquqni muhofaza qilish organlari tezkor bo'linmalarining jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotini teran tahlil qilish natijasi hisoblanadi. U doimiy ravishda rivojlanib boradi. Uni tashkil etuvchi qoidalar jamiyatdagi o'zgarishlar, qonunchilikning rivojlanishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti munosabati bilan uning ko'pgina qoidalari qayta ko'rilishi ta'sirida yangilanadi, unda tabiiy o'zgarishlar yuz beradi. Tezkor-qidiruv faoliyati O'zbekiston Respublikasining Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi Qonuni bilan maxsus vakolat berilgan davlat organlarining tezkor bo'linmalari (bundan buyon matnda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turidir (Qonunning 3-moddasi). Ushbu faoliyat inson va fuqarolarning hayoti, sog'lig'i, huquqlari va erkinliklari, mulkini himoya qilish, jamiyat va davlatning jinoiy tajovuzlardan xavfsizligini ta'minlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida oshkora va nooshkora usullar bilan amalga oshiriladi. TQF huquqni muhofaza qilish faoliyati shakllaridan biri hisoblanadi va ushbu faoliyatning boshqa turlari (tergov, sud va boshq.) singari, uning maqsadi ham inson va fuqarolarning hayoti, sog'lig'i, huquqlari va erkinliklari, mulkini himoya qilish, jamiyat va davlatning jinoiy tajovuzlardan xavfsizligini ta'minlashdan iborat. TQF - tergov faoliyatining o'ziga xos analogi. Buni tadbirlarning o'xshash xususiyati ham tasdiqlaydi, masalan: so'rov (tezkor-qidiruv tadbiri) - so'roq (tergov harakati), turar joylarni va boshqa joylar, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini va transport vositalarini tekshirish - tintuv va olib qo'yish, shaxsning aynanligini aniqlash - tanib olish uchun ko'rsatish, predmetlar va hujjatlarni tekshirish - ekspertiza va h.k. Ayni vaqtda, TQF tergov faoliyatidan farq qiladi: u jinoyat ishi qo'zg'atilgunga qadar, nooshkora tarzda amalga oshirilishi mumkin; tadbirlarni o'tkazishda tergov harakatlari uchun majburiy bo'lgan rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab etilmaydi, TQF, uning nomidan ham ko'rinib turganidek, tezkor xususiyat kasb etadi. TQF natijalari aksariyat hollarda jinoyat ishini qo'zg'atish va tergov harakatlarini yuritish uchun asos hisoblanadi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, o'ta murakkab (uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etiladigan, korrupsiya, terrorizm, narkobiznes, odam savdosi bilan bog'liq bo'lgan va boshqa) jinoyatlarni faqat tergov harakatlari vositasida fosh qilish mumkin emas yoki juda mushkul ish. 2. Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari TQF vazifalari u amalga oshirilayotgan faoliyat sohasi bilan belgilanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida: inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlash; - jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.45 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.45 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga