Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar Reja: Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar Tezkor-qidiruv faoliyatining vazifasi O'zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona xizmati organlari tezkor qidiruv faoliyati Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qonunlar ijrosini ta'minlashi ustidan prokuror nazorati - prokuratura organlari faoliyatida yangi yo'nalishdir. O'zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi 29 avgust 2001 yil kuni qabul qilingan 27 oktyabr 2001 yil kunidan kuchga kirgan Prokuratura to'g'risidagi qonuning 4-moddasi prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan bo'lib, shu asosiy yo'nalishlar ichida tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bir yo'nalish qilib berilgan. Shular ichidan tezkor- qidiruv faoliyati haqida ilgari bizning qonunchiligimizda tushuncha berilmagan edi. Qator hamdo'stlik davlatlari qonunchiliklarida bu haqda alohida tushuncha mavjud. Masalan, Rossiya Federatsiyasida «Tezkor qidiruv faoliyati to'g'risida»gi qonun 13 mart 1992 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun bo'yicha tezkor qidiruv faoliyatiga yaxshi tushuncha berilgan. Barchaga malumki, O'zbekiston Respublikasining juda ko'p qonunlari sobiq ittifoq Respublikalarining qonunchiliklariga o'xshashdir. Chunki, ilgari shu davlatlarning qonunchiliklari asosini ittifoq qonunlari asoslari tashkil qilgan edi. Albatta, ittifoq tarqalgandan so'ng, har bir hamdo'stlik davlatlari o'zlarining o'z milliy va etnik kelib-chiqishlari, urf-odatlariga mos holda, o'z qonunlarini qayta ishlab chiqib, qabul qilganlar. O'zbekiston Respublikasida ham mustaqillikka erishilganidan so'ng, xuddi shu asoslarga ko'ra, yani, o'z milliy turmush tarzimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyliklarimiz va dunyoqarashlarimizga xos qonunlarni qabul qilina boshlandi. Hozirda, munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi 500 dan ortiq yangi qonunlar qabul qilingan. Hamdo'stlik davlatlari tomonidan qabul qilinayotgan bir qancha qonunlar predmeti bizning qonunlarimizga o'xshab ketadi. Shundan kelib chiqqan holda, hozircha O'zbekiston Respublikasi prokuratura to'g'risidagi qonun bo'yicha tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunlar ijrosi ustidan nazorat haqida quyidagilarni gapirib o'tish mumkin. Tezkor qidiruv faoliyati sohasidagi nazorat yuridik jihatdan o'zida ko'rsatib o'tilgan prokuror nazorati yo'nalishining bir qismini aks ettiradi. Shu bilan birga, tezkor- qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning qonunlarni ijro qilishlari ustidan nazorat qilish obyektlari, predmeti, tashkil etilish asoslari va vakolatlari nuqtai nazaridan o'zining alohida xususiyatlariga egadir. Tezkor qidiruv faoliyati bo'yicha qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishda prokurorlar tomonidan avvalombor, uning tarkibini va huquqiy-me'yoriy asosini bilishlarini nazarda tutadi. Tezkor qidiruv faoliyati bu -qonun yo'li bilan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus huquq-vakolatlar berilgan davlat organlarining tezkor bo'linmalari tomonidan o'z vakolatlari doirasida oshkora va xufyona amalga oshiriladigan fuqarolarning sog'ligini, hayotini, mulkini, huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyatni jinoiy xurujlardan muhofaza qilishga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlaridir. Tezkor-qidiruv faoliyatining vazifasi quyidagilardan iborat: jinoyatlarni aniqlash; jinoyatlarni oldini olish; jinoyatlarni ochish va aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.45 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.45 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc