Tezkor xodimning o'g'rilik jinoyati fosh etilganidan keyin boshqa jinoiy sheriklar va epizodlarni aniqlash bo'yicha vazifalari

Tezkor xodimning o'g'rilik jinoyati fosh etilganidan keyin boshqa jinoiy sheriklar va epizodlarni aniqlash bo'yicha vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Tezkor xodimning o'g'rilik jinoyati fosh etilganidan keyin boshqa jinoiy sheriklar va epizodlarni aniqlash bo'yicha vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tezkor xodimning o'g'rilik jinoyati fosh etilganidan keyin boshqa jinoiy sheriklar va epizodlarni aniqlash bo'yicha vazifalari Reja: O'g'rilik jinoyati fosh etilganidan so'ng tezkor xodim tomonidan ushlangan shaxsning jinoiy aloqalari O'g'rilik jinoyati bo'yicha tayinlanadigan ekspertizalar va ekspertlar oldiga qo'yiladigan savollar O'g'rilik jinoyati fosh etilganidan so'ng tezkor xodim tomonidan ushlangan shaxsning jinoiy aloqalari, jinoyat sodir etish quroli, voqea sodir bo'lgan joydan olib ketilgan narsa va buyumlar hamda ushbu jinoyatdan tashqari sodir etgan jinoiy epizodlarini aniqlash bo'yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish talab etiladi. Bular quyidagilardan iborat: jinoyatchini O'zbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar va Transport IIB axborot markazlarining barcha hisoblaridan tekshirish; ushlangan shaxs bilan uning ushlanguniga qadar sodir etgan jinoiy epizodlari, jinoiy sheriklari, kimlar bilan yaqin munosabatda bo'lganligi, sodir etilgan o'g'rilik jinoyatidagi roli va motivini aniqlash va jinoyat natijasida egallangan narsa va buyumlarning saqlanish joylari, agar narsa va buyumlar sotilgan bo'lsa, kimlarga va nima maqsadda sotganligi bo'yicha so'rov va ma'lumotlar to'plash borasida tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazish; ushlangan shaxsning jinoiy sheriklarini aniqlash, jinoyat quroli va hodisa sodir bo'lgan joydan olib ketilgan narsa va buyumlarni yashirish yoki o'tkazish yo'llari hamda jinoiy epizodlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish va ular tomonidan yangi jinoyat sodir etilishi yoxud yashirinishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida tezkor qamrovni amalga oshirish; ushlangan shaxs ilgari (qo'lga olingunga qadar) sodir etgan jinoyatlarning ochilmay qolgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash maqsadida undan tezkor qamrov natijasida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish va natijasi bo'yicha rahbariyatga axborot berish. Takidlash joizki, tezkor qamrov jarayoni hamda boshqa maxsus tadbirlar natijasida olingan daliliy ashyolar va boshqa tadbirlarni protsessual mustahkamlash maqsadida tergovchi bilan tergov olib borish taktikasini kelishib olish zarur. Jinoyat fosh etilganidan keyin tergov harakatlari davomida tergovchi tomonidan berilgan topshiriqlar bo'yicha tezkor xodim tegishli tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazadi va tegishli tartibda tergovchiga ma'lumotnoma taqdim etadi. O'g'rilik jinoyatini sodir etgan barcha shaxslar ushlanganidan keyin ular bilan jabrlanuvchi va guvohlar ishtirokida shaxsning aynan shu shaxs ekanligini aniqlash uchun tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshiriladi. Ushlangan barcha shaxslarni O'zbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar va Transport IIB axborot markazlarining barcha hisoblaridan tekshirish talab etiladi. Agar o'g'irlangan narsa va buyumlar ishlatilgan yoki sotib yuborilgan bo'lsa, ularni aniqlab topish maqsadida turli bozorlarda eski buyumlar bilan savdo qiluvchi, noqonuniy valyuta va zargarlik buyumlari savdosi orasida shug'ullanuvchi shaxslar bilan so'rov va ma'lumotlar to'plash borasida tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkaziladi. Eski buyumlar sotiladigan bozorlarda savdo ishlari bilan shug'ullanuvchi shaxslardan o'g'irlangan narsa va buyumlar aniqlanib topilsa, ushbu daliliy ashyolar tezkor xodim tomonidan qiyosiy tekshirish uchun namunalar sifatida olinadi hamda predmet va hujjatlarni tekshirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.47 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.47 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga