Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash

Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash

O'quvchilarga / Huquq
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash - rasmi

Material tavsifi

Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining asoslari va ularni tayinlash Reja: 1.Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari tushunchasi, asoslari va maqsadi 2. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashning umumiy asoslari 3. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining turlari 4. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari tushunchasi, asoslari va maqsadi. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari sud psixiatriya ekspertizasi xulosasiga asoslangan holda muayyan ruhiy kasallikka chalingan va Jinoyat kodeksining Maxsus qismida ko'rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishlardan birini sodir etgan, shuningdek, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo'llanadigan, majburiy ruhiy davolashdir.[166] O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 92-moddasida tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashning umumiy asoslari belgilab berilgan. Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o'tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi oqibatida o'z harakatlarining ahamiyatini anglamaslik va o'z harakatlarini boshqara olmaslik holatida sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko'ra jamiyat uchun xavfli deb topilsa, sud tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi shaxsiy davolash maqsadida qo'llaniladi. Bunday usulda davolash, shaxsning to'la tuzalishini maqsad qilib qo'ymasada, ammo shaxsni jamiyat uchun xavf tug'dirmaydigan darajada ruhiy jihatdan tuzatishga qaratiladi. Shu yo'sinda tibbiy majburlov chorasi asosida davolash metod va usullari, bu ta'sir chorasi bilan bog'liq bo'lmagan holda davolanayotgan shaxslarga nisbatan qo'llanilayotgan choralar qo'llaniladi. [167] Yuqoridagi qoidaga muvofiq tibbiy yo'sindagi majburlov choralari jazo chorasi hisoblanmaydi. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasi bo'lib hisoblanadi. Bu majburlov chorasi sud hukmi bilan emas, balki, sud qarori bilan begilanadi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi ruhiy kasallikka chalingan shaxsning qilmishini baholovchi xususiyatga ega emas, u qayta tarbiyalash maqsadini ko'zlaydi, ruhiy kasallikka chalingan shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli qilmishning oldindani oladi, ularni davolash va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasining aniq bir turini qo'llashdan oldindan sud belgilangan maqsadlarning har biriga erishish mumkinligiga e'tibor qaratishi lozim. Shunday qilib tibbiy yo'sindagi majburlov choralari jinoiy jazo chorasidan o'z asosiga, tuzilishiga va yuridik oqibatiga ko'ra farq qiladi. Yuridik oqibati deganda, sudlanganlik holatining vujudga kelishi tushuniladi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi. Agar alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo'liqqan shaxslarga nisbatan jazo chorasi bilan birga tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llash bilan birga qo'llanilagan bo'lsa, sudlanganlik muddatini hisoblashda majburlov choralari tayinlangan muddat hisobga olinmaydi. Agar shaxs jazoni o'tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi uchun jazodan ozod qilingan bo'lsa, sudlanganlik muddati jazoning haqiqatda o'talgan qismiga nisbatan hisoblanadi. Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash uchun: 1) ijtimoiy xavfli qilmishning aqli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga