Tijorat banklari passiv operatsiyalarida harajatlarni qanday kamaytirish mumkin (Agrobank OA tijorat banki misolida)

Tijorat banklari passiv operatsiyalarida harajatlarni qanday kamaytirish mumkin (Agrobank OA tijorat banki misolida)

O'quvchilarga / Huquq
Tijorat banklari passiv operatsiyalarida harajatlarni qanday kamaytirish mumkin (Agrobank OA tijorat banki misolida) - rasmi

Material tavsifi

Tijorat banklari passiv operatsiyalarida xarajatlarni qanday kamaytirish mumkin? (Agrobank ochiq aksiyadorlik tijorat bank misolida) RYeJA: Kirish. Agrobankda marketingni tashkil etishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari Agrobankning passiv operatsiyalari turlari, xarajatlari va ularning tahlili Agrobankda bank menejmentini tashkil etish asoslari va uning o'ziga xosligi Agrobank ochiq aksiyadorlik tijorat bankida bank menejmentini boshqarish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish O'zbekiston Respublikasi bank tizimida mustaqillika erishilgandan so'ng bir qator yutuqlarga erishildi. O'zbekiston bank tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda ikki pog'onali bank tizimi shakllantirildi va banklarning amalga oshiradigan operatsiyalari xalqaro darajaga ko'tarildi. Xususan bank tizimining erkinlashtirilishi va xususiylashtirilishi bunga misol bo'la oladi. Banklarning ixtisoslashuvidan voz kechish va ular faoliyatining universallashuvi ham aynan mustao'illik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning biri bo'lib hisoblanadi. Banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi 52 foizga oshib, 2011 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 13,2 trln. so'mga etdi. Jumladan, aholining kredit tashkilotlaridagi depozitlari hajmi 1,5 barobarga oshib, 4,4 trln. so'mdan ziyodni tashkil etdi. 2010 yil oxiriga jismoniy shaxslar tomonidan ochilgan bank hisobvaraqlari soni 100 ta katta yoshli aholiga 1012 tani tashkil etdi. Bu esa xalqaro amaliyotga muvofiq yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Banklardagi omonatlar hajmining oshishida aholi real daromadlarining o'sishi hamda bank tizimining barqarorligi asosiy omil bo'lgani holda, banklardagi omonatlarning to'liq qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanganligi va ulardan olinadigan foiz daromadlar soliqdan ozod etilganligi hamda 410 xildan ortiq omonat turlari taklif qilinayotganligi bank depozitlarini qulay, xavf-xatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy instrumentga aylantirdi. Shuningdek, 2010 yil davomida banklarning 172,4 mlrd. so'mlik uzoq muddatli obligatsiyalari investorlar o'rtasida joylashtirilgan bo'lsa, aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlarga sotilgan depozit sertifikatlari qoldig'i 281,7 mlrd. so'mni tashkil qildi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida tijorat banklarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish bank faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining faoliyatini boshqarish va u orqali bank daromad bazasini oshirish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bank faoliyatini boshqarishda bank menejmenti hal o'iluvchi o'rinni egallaydi. Bank menejmenti va marketingi kursi asosida tijorat banklari faoliyatining asosiy yo'nalishlari yoritiladi. Bundan tashqari hozirgi raqobat kurashi kuchaygan bir sharoitda tijorat banklari o'zlarining sifatli va xilma-xil xizmatlarini taklif o'ilish oro'ali o'z imkoniyatlarini oshiradilar. Raqobat kurashida tijorat banklari o'zlarining uzoq yilga mo'ljallangan marketing strategiyasi asosida mijozlar bozorini o'rganadi va yangi bank xizmatlari ko'rsatish imkoniga ega bo'ladilar. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida banklar va ularning barqaror faoliyat yuritishi ko'p jihatdan uning biznesi qay darajada tashkil etilganiga bog'liq. Har bir xo'jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadi daromad olishdir, shu jumladan tijorat banklari ham o'z faoliyatlari natijasida daromad olib boradi. Bank menejmentining asosiy mohiyati banklarning samarali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 331.87 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 331.87 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga