Tintuv qilish va voqea sodir etilgan joyni ko'zdan kechirish psixologiyasi

Tintuv qilish va voqea sodir etilgan joyni ko'zdan kechirish psixologiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Tintuv qilish va voqea sodir etilgan joyni ko'zdan kechirish psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Tintuv qilish va voqea sodir etilgan joyni ko'zdan kechirish psixologiyasi Reja: Tintuv o'tkazishning psixologik xususiyatlari. Tintuv holatida tergovchining kasbiy fazilatlari. Voqea sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish psixologiyasi 1.Tintuv o'tkazishning psixologik xususiyatlari Tintuv paytida ma'lumot olishning asosiy usullaridan biri kuzatish va uning natijalarini darhol tahlil qilish bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa tintuv qilinayotgan shaxs xulq - atvori juda ko'p narsalarni aytib berishi mumkin. Bundan kuzatishdan imkoni boricha to'laroq va haqqoniyroq natijaga erishish uchun bevosita tintuv vaziyatida tintuv qilinayotgan shaxs xulq - atvorining psixologik qonuniyatlaridan har tomonlama boxabar bo'lish zarur. Narsa va obyektlarni ko'zdan kechirish bilan birga uy hayvonlari va qushlarga e'tibor berish ham muayyan natija berishi mumkin, ba'zan ularning bezovtalanishi yashiringan odam yoki yashiringan narsalarning joyini ko'rsatib beradi. Uy hayvonlarining ko'pchiligi murda bilan yonma-yon turganlarida qattiq bezovtalanadilar, itlar begona odam bo'lsa, hurkiy boshlaydi va h.k. Tintuv paytida nishonga oluvchining (supervizor) ishtiroki maqsadga muvofiq bo'ladi, u izquvarning kamchiligini tuzatishi, sezdirmay kimga e'tibor berish zarurligini ko'rsatishi (yashikni surish, eshikchani ochish) mumkin. Tintuv o'tkazayotgan xodimlar jinoyatchilar turli yashirin joylarni hozirlayotganlarida bir qator psixologik omillarni ham e'tiborga olishlarini nazardan soqit qilmasliklari kerak.: Charchoq va avtomatizm tufayli diqqatning susayishini hisobga olish. Shuning e'tiborga olib, qidirilayotgan hujjatni ko'pincha kitob javonining o'rtasidagi kitobning ichiga solib qo'yadilar. 2. Jirkanishga umid bog'lash (go'ng orasiga yoki xojatxona tagiga ko'mib qo'yadilar). 3.Tergovchi tomonidan odamgarchilik va boshqa insoniy tuyg'ularning namoyon bo'lishini hisobga olish (daliliy ashyo bo'lishi mumkin bo'lgan narsani og'ir yotgan to'shak ostiga, chaqaloqning karavotiga, yaqin qarindoshlarining qabriga yashirish). 4. Predmetni ataylab ko'zga tashlanib turadigan joyga tashlab qo'yish. 5. Ikkita bir xilda yashirin tuynuk yasash, bunda jinoyatchilar bitta bo'sh tuynukni topishganidan keyin shunaqa tuynukni axtarib ko'rmaydilar, deb hisoblaydilar. 6.Tintuv paytida mojaro qo'zg'ash va mojaro paytida qidirilayotgan narsani yashirishga ulgurishday hiylani ham qo'llash mumkin. Yuqoridagi shartlarga rioya etgan barcha ma'lumotlarni tahlil qilganda tergovchi tintuv vazifasining birinchi bosqichini to'g'ri hal qiladi. Tintuv holatida tergovchining kasbiy fazilatlari. Tintuv o'tkazish tergovchidan turli-tuman psixologik xislatlar, xususiyatlar, professional bilim, qobiliyat va malakani talab qiladi. Tintuv o'tkazishga tayyorgarlik mobaynida tergovchi quyidagi savollarga javob topishi talab qilinadi: Nimani qidirish kerak, qidirilayotgan predmetlarning shakl-shamoyili qanday? Tintuv qilinajak obyektning tuzilishi: maydoni, qanday reja bilan qurilgani, xona, eshik, derazalarning soni, mebellar va ularning joylashishi kabilar. Tintuv paytida gumonlanuvchidan boshqa yana kim bo'lishi mumkin? Tintuv qilinajak obyektning tabiiy va sun'iy yoritilishi qanday? Obyektda telefon yoki boshqa aloqa vositalari (ratsiya, qo'ng'iroq, selektor) bormi? Qidirilayotgan predmetlar qayerda bo'lishi mumkin? Tintuvni kim o'tkazadi? Ular qanday texnika vositalarini olishlari kerak? Tintuvni qay paytda o'tkazish muhim? Tintuv paytida tintuv bo'linmasi bilan qanday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.51 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.51 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga