Topshiriq shartnomasi. Vositachilik shartnomasi. Mol - mulkni ishonchli boshqarish

Topshiriq shartnomasi. Vositachilik shartnomasi. Mol - mulkni ishonchli boshqarish

O'quvchilarga / Huquq
Topshiriq shartnomasi. Vositachilik shartnomasi. Mol - mulkni ishonchli boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Topshiriq shartnomasi. Vositachilik shartnomasi. Mol-mulkni ishonchli boshqarish. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi Reja: Topshiriq shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari Topshiriq shartnomasining ishtirokchilari. Topshiriq shartnomasida taraflarning huquq va burchlari Topshiriq shartnomasining bekor bo'lishi Vositachilik shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari. Vositachilik shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari. Mol-mulkni ishonchli boshqarishning umumiy qoidalari Mol-mulkni ishonchli boshqarishning mazmuni Mol-mulkni ishonchli boshqarish javobgarligi Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining elementlari. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini cheklaydigan va shartnomaga kiritilishi taqiqlangan shartlar Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining bekor bo'lish asoslari. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha javobgarlik. 1. Topshiriq shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari. Fuqarolik kodeksining 817-moddasida topshiriq shartnomasiga ta'rif berilgan. Unga ko'ra, topshiriq shartnomasi bo'yicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim bo'yicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi. Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning ko'rsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkin. Vakil alohida huquqlarga ega bo'ladigan topshiriq shartnomasi bo'yicha bir taraf (topshiriq beruvchi) ikkinchi tarafga (alohida huquqlarga ega bo'lgan vakilga) topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan malum sohada yoki (va) malum hududda topshiriq beruvchi uchun yuridik ahamiyatga ega bo'lgan hamma harakatlarni sodir etishni topshiradi. Topshiriq shartnomasi malum shaxs (shaxslar) nomidan malum shaxsning (yoki shaxslarning) vakillik qilishi to'g'risidagi shartnomadir. Bu shartnomaga binoan vakil topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobiga muayyan yuridik harakatlarni qilish burchini olganligi sababli vakilning o'ziga berilgan vakolat doirasida qilingan barcha ijobiy, qonuniy harakatlari topshiriq beruvchi uchun bevosita huquq va burchlar vujudga keltiradi. Vakilning o'zi esa uchinchi shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yuzasidan hech qanday huquq va burchlar ololmaydi. Shartnomaning huquqiy belgilari to'g'risida shuni aytish kerakki, topshiriq shartnomasi Birinchidan, mazkur shartnoma bir tomonlama ham ikki tomonlama ham bo'lishi mumkin. Agar shartnomada vakilning harakatlari uchun haq to'lash nazarda tutilgan bo'lsa, shartnoma ikki tomonlama bo'ladi. Ikkinchidan, konsensual shartnomalar guruhiga kiradi; Uchinchidan, topshiriq shartnomasi vakilning xizmat uchun haq to'lash sharti bilan, shuningdek, xizmat tekin bajarilishi nazarda tutilib ham tuzilishi mumkin. Topshiriq taraflarning o'zaro ishonchlariga asoslanib tuziladigan shartnoma bo'lganligi tufayli, u shaxsiy xarakterga ega bo'lgan shartnoma hisoblanadi. Topshiriq beruvchi uchun vakilning kim bo'lishligi, yani uning shaxsi qanday muhim ahamiyatga ega bo'lsa, vakil uchun ham topshiriq beruvchining shaxsi shunday ahamiyatga egadir. Agar taraflardan biri ikkinchisiga nisbatan o'z ishonchini oqlamasa (masalan, vakilning zarariga qaratilgan noto'g'ri xatti-harakatlar qilsa), shartnoma ahamiyatini yo'qotadi. Binobarin, bunday shartnomaning kelgusida saqlanishi taraflarning manfaatiga ziyon etkazishi mumkinligi sababli har qaysi tarafga shartnomani istalgan vaqtda bekor qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.98 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.98 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga