Tortishuv prinsipi ta'sir doiralarini kengaytirish istiqbollari

Tortishuv prinsipi ta'sir doiralarini kengaytirish istiqbollari

O'quvchilarga / Huquq
Tortishuv prinsipi ta'sir doiralarini kengaytirish istiqbollari - rasmi

Material tavsifi

Tortishuv prinsipi ta'sir doiralarini kengaytirish istiqbollari Reja: Ayblov, himoya va ishni hal etish funksiyalari Jinoyat sudlov ishlari tushunchasi va mazmuni bilan bog'liq muammolar JPKning 25-moddasida O'zbekiston Respublikasida jinoyat sudlov ishlari tortishuv asosida yuritilishining mustahkamlanishi ko'p jihatdan sud-huquq islohotlarining kelgusi yo'nalishini belgilab berdi. Jinoyat protsessining tortishuv prinsipi hamda uni dastlabki tergovga joriy etishni amaliyotda hali tadqiq etilmagan masalalar qatoriga kiritish mumkin. Ayblov, himoya va ishni hal etish funksiyalarining amaldagi taqsimlanishi dastlabki tergovda tortishuv prinsipini joriy etishni inkor etadi. Ayni vaqtda olimlarimiz tomonidan tortishuv prinsipining doiralarini kengaytirish, uni surishtiruv, dastlabki tergov hamda yuqori instansiya sudlari bosqichlarida joriy etish taklif etilmoqda. Dastlabki tergovda keyinchalik tortishuv prinsipining faqat bazi bir ko'rinishlari to'g'risida gap borishi mumkin, chunki elon qilingan ayblovda ayblanuvchining aybdorligi haqida qaror qabul qilinmaydi va ayblovga qarshi jinoyatchilikka qarshi kurash manfaatlari, shaxsning kafolatlari yuzasidan maqsadga muvofiq bo'lgan himoya to'la hajmda amalga oshirilmaydi. Jinoyat sudlov ishlari tushunchasi va mazmuni bilan bog'liq muammolar yuridik va o'quv adabiyotlarida etarlicha yoritilgan. Lekin uning bazi bir prinsiplari, jumladan, tortishuv prinsipi va uni dastlabki tergovga joriy etishni amaliyotda hali tadqiq etilmagan masalalar qatoriga kiritish mumkin. Chunki, tortishuv faqat sud muhokamasi bosqichida amal qiladi, degan mohiyatiga ko'ra aksiomani eslatuvchi fikrlar mavjud. Bu fikr, tortishuv prinsipining imperativi ayblov, himoya va sud muhokamasi funksiyalarining taqsimlanishidan, ayblov va himoyaning sud oldida o'z nuqtai nazarlarini himoya qilishdan iborat, degan qoidaga asoslangan. Jumladan, V.V.Ignashin quyidagi fikrni bildirgan: «Sud muhokamasi boshlangunicha ayblanuvchi va himoyachilar barcha ish materiallari, hatto ayblov xulosasi bilan tanishib chiqsalar, sudda qanday tortishuv bo'lishi mumkin? Shu yo'l bilan ularga barcha ma'lumotlar oshkor etilib, ayblov tomonining argumentlari malum qilinadi». Ayblov, himoya va sud muhokamasi funksiyalarining amalda bo'lgan taqsimlanishi dastlabki tergovda tortishuv prinsipini joriy etishni inkor etadi. Bu mavzuga murojaat qilgan mualliflar ham quyidagi fikrni bildirganlar: «dastlabki tergovda tergovchi va ayblanuvchi o'rtasidagi tortishuv haqida jiddiy gapirish mumkin emas, chunki dastlabki tergovda ayblov, himoya va ishni hal etish funksiyalari mavjud emas». Dastlabki tergovda keyinchalik tortishuv prinsipining faqat bazi bir ko'rinishlari to'g'risida gap borishi mumkin, chunki elon qilingan ayblovda ayblanuvchining aybdorligi haqida qaror qabul qilinmaydi va ayblovga qarshi «jinoyatchilikka qarshi kurash manfaatlari, shaxsning kafolatlari yuzasidan maqsadga muvofiq bo'lgan» himoya to'la hajmda amalga oshirilmaydi. Biroq, zamonaviy yuridik fani ayni vaqtgacha jinoyat sudlov ishlarini yuritishning optimal shakli haqida, jumladan, jinoyat protsessining tortishuv modeli, maslahat sudini joriy etish, tergov sudlari institutining imkoniyatlarini baholash va boshqalar yuzasidan etarli tasavvurga ega emas. Bundan tashqari, dastlabki tergov organlari ustidan sud nazoratini o'rnatish (masalan, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yuzasidan sudga shikoyat qilish, qamoqda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.19 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.19 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga