Tortishuv prinsipining jinoyat protsessidagi boshqa prinsiplarga bog'liqligi Reja: Tortishuvga bevosita aloqador qonuniylik prinsipi Jinoyat ishlarini hayatda va yakka tartibda ko'rib chiqish Tortishuv prinsipining yakka o'zi xolisona va adolatli odil sudlovni amalga oshirishni ta'minlash uchun etarli bo'lmaydi. Agar jinoyat protsessida tortishuv prinsipini mustahkamlovchi, uni to'ldiruvchi va unga poydevor bo'luvchi boshqa muhim prinsiplar mavjud bo'lmasa, u harakatsiz, quruq shiorga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi JPKning 2-bobi «Jinoyat protsessi printsilari» deb nomlanib, unda jami o'n etti prinsip rasmiy tarzda etirof etilgan va faqat ularning yagona tizimi xolisona va qonuniy odil sudlov yuritishni tartibga soldi. Tortishuvga bevosita aloqador qonuniylik prinsipi JPKning 11-moddasida o'z aksini topib, unda sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi va himoyachi hamda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jinoyat va jinoyat protsessual huquqi munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlarga aniq rioya eitshlari va ularni to'g'ri bajarishlari shartligi belgilab qo'yilgan. Qonuniylik prinsipi umumhuquqiy prinsip sifatida, jamiyatni davlat tomonidan boshqarilishining, davlat mahkamasi va fuqarolar faoliyatining hamda huquqni tartibga solishning muhim uslublaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, qonuniylik prinsipi umumhuquqiy prinsipning uzviy qismi sifatida jinoyat protsessida ham protsess ishitrokchilarining ham qoununlarga bo'lgan to'g'ri munosabatlarini hamda huquqni hurmat qilishni taminlovchi barcha vositalar tizimini o'z ichiga oladi. Bu vositalar moddiy va protsessual huquqiy normalarni g'ayriqonuniy qo'llanganligi uchun sanksiyalar belgilanganligida va moddiy-huquqiy normalar to'g'ri qo'llanishini kafolatlovchi turli protsessual qoidalarda namoyon bo'ladi. Tortishuv prinsipining asosiy tarkibiy qismini belgilovchi yana bir muhim prinsip - odil sudlovni faqat sud tomonidan amalga oshirilishidir (JPKning 12-moddasi). Konstitutsiyaviy tushunchaga ega bo'lgan mazkur prinsip ayblov, himoya va ishni hal etish funksiyalarini qatiy chegaralanganligi, ishni hal etishda ayblov va himoya funksiyalari suddan ajratilganligini ifoda etadi. Odil sudlovning asosiy mazmuni - shaxsni jinoyat sodir etishda yoki huquqiy qoidalarni buzganlikda aybdor ekanligini belgilash, unga nisbatan davlatning majburlov hamda jazo choralarini qo'llash yoxud shaxsning jinoiy qilmishda aybsiz ekanligini ham aniqlashni anglatadi. Ayblov va himoya taraflari sud oldida o'zlarining davolari to'g'ri, qarshi tarafning davosi noto'g'ri ekanligi masalasida huquqiy tortishuvga kirishadilar. Sud jinoyat ishining muhokamasida protsessning boshqaruvchisi sifatida boshqa ishtirokchilariga nisbatan mustaqil, ayblov va himoya funksiyalaridan, tashqi ta'sirlardan xoli bo'lib, faqat ishning hal etish funksiyasini amalga oshiradi. V.V. Poberejniy takidlaganidek, «…taraflarning tortishuvga asoslangan sud muhokamasi odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqilligini ta'minlashning eng muhim shartlaridan biridir. Taraflarning sudga ta'sir etishlari faqat ularning taqdim etilgan dalillarning asosli ekanligiga sudni ishontirishdan iborat bo'lmog'i lozim». Jinoyat protsessining maqsadi ish bo'yicha aynan haqiqatni aniqlash ekan, sudning mustaqilligini ta'minlash ushbu maqsadga erishishning eng zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Zero, faqat mustaqil sudgina taraflarning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.66 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.66 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx