Tovar belgilari tuzilishi va uning mohiyati Reja: Tovar belgilari tuzilishi va uning mohiyati Sanoat mulkini muhofaza qilish Tayanch tushuncha va iboralar: Tovar belgilari; xizmat ko'rsatish belgilari; guvohnoma; byulleten; Davlat organi; sertifikatlash; jo'g'rofiy obyekt; huquqiy muhofaza qilish; talabnoma ilovasi va talablari; ishonchnoma. 1. Tovar belgilari tuzilishi va uning mohiyati 2001 yilning 22 sentyabrida amalga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining ―Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida‖ Qonuniga muvofiq tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi - bu bir yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi o'xshash tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiluvchi belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan belgidir. Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy bo'lishi mumkin. Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi. Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo'lgan tovarlarini belgilash uchun mo'ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi. Tasvirlar, so'zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Tovar belgisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Intellektual mulk agentligi tovar belgilarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Agentlikka beriladi. O'zbekistonda tovar belgisiga huquqiy muhofaza faqat u rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng beriladi. Tovar belgisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomiga ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar ko'rsatilgan bo'lsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko'ra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga taalluqli bo'lishi lozim. Talabnomada quyidagilar bo'lishi kerak: tovar belgisi sifatida belgini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza; talabnomada ko'rsatilgan belgining tasviri; belgilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovarlarning ro'yxati. Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur: talabnoma berganlik uchun patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat; talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi. Quyidagilar tovar belgilari sifatida ro'yxatdan o'tkazilmaydi: davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar; davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to'liq nomlari; rasmiy nazorat, kafolat tamg'alari va namuna yo'sinidagi tamg'alar, muhrlar; davlat xizmatlarining O'zbekiston Respublikasida qo'llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari; farqlash ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.64 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.64 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc