Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini ro'yxatdan o'tkazish talablari Reja: Tovarlar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini ro'yxatdan o'tkazish talablari Tovar belgisining ustuvorligi O'zbekiston Respublikasida Intellektual mulk agentligi oldida vakillik qilish uchun rasmiylashtiriladigan ishonchnoma, oddiy yozma shaklda tuziladi va notarius tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning o'zida yoki talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay topshiriladi. O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxsning yoki chet ellik yuridik shaxsning manfaatlariga vakillik qilish uchun Intellektual mulk agentlikda ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakiliga ishonchnoma, talabnoma beruvchi shaxsning o'zi tomonidan, shuningdek talabnoma beruvchi tomonidan berilgan teshigli ishonchnomaga ega patent vakili tomonidan ham berilishi mumkin. Bunday hollarda ko'rsatib o'tilgan ikala ishonchnoma yoki uning to'g'ri rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi. Agar ishonchnoma Intellektual mulk agentlikda ro'yxatdan o'tkazilgan bir necha patent vakillariga berilgan bo'lsa, u holda talabnoma bo'yicha mahsulot belgisini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha ishlar, ularning istalgan biri tomonidan olib borilishi mumkin. Ishonchnoma bo'yicha vakil qilingan patent vakilining har qanday xatti-harakati, ariza beruvchining xatti-harakatidir deb baholanadi. Konvensiya usutvorligi so'rab berilgan talabnomaga (bundan buyon konvensiya talabnoma) talabnoma beruvchi tomonidan sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasi qatnashchisi bo'lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning tadiqlangan nusxasi va uning o'zbek yoki rus tiliga qilingan tarjimasi ilova qilinadi, ular konvensiya talabnomasi Intellektual mulk agentlikga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Talabnoma nusxasining tarjimasi tarjimon imzosi bilan tasdiqlanadi. Konvensiya ustuvorligini belgilash to'g'risidagi iltimosnoma, talabnoma berish paytida (guvohnoma berish to'g'risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki Intellektual mulk agentlikga kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin. Ko'rgazmaga oid ustuvorlik so'rab berilgan talabnomaga, bunday ustuvorlik so'rashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi, u Intellektual mulk agentlikga talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirilmay topshiriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjat, sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasining qatnashchisi bo'lgan davlatldardan birining hududida tashkil etilgan ko'rgazmaning maqomni, yani rasmiy xalqaro ko'rgazma yoki xalqaro deb rasman tan olingan ko'rgazmaligini tasdiqlashi va tovarlarni namoyish etgan shaxsning nomini, belgini, shu belgi qo'yilgan tovarlar ro'yxatini, shuningdek, eksponatlarni ochiq namoyish etish boshlangan sanani o'z ichiga olishi lozim. Hujjat tegishli ko'rgazmaning ma'muriyati yokit tashkiliy qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Talabnomada ko'rsatilgan belgini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza o'zbek yoki rus tilida topshiriladi. Talabnomaning boshqa hujjatlari o'zbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi. Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan bo'lsa, talabnomaga ularning o'zbek yoki rus tiliga tarjimon imzosi bilan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar Intellektual mulk agentlikga kelib tushgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc