Tovarlar kelib chiqqan joy nomlarining ko'rinish hollari

Tovarlar kelib chiqqan joy nomlarining ko'rinish hollari

O'quvchilarga / Huquq
Tovarlar kelib chiqqan joy nomlarining ko'rinish hollari - rasmi

Material tavsifi

Tovarlar kelib chiqqan joy nomlarining ko'rinish hollari Reja: Tovarlar kelib chiqqan joy nomlarining ko'rinish hollari Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi Tovar kelib chiqqan joy nomi Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo'g'rofiy obyektning (bundan buyon matnda jo'g'rofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo'g'rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb etirof etiladi. Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur jo'g'rofiy obyektdagi, nomi o'zlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro'yxatdan o'tkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo'g'rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan bo'lsa, foydalanish huquqini oladi. Qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu jo'g'rofiy obyektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega bo'lgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin. Intellektual mulk agentligi tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Agentlikka beriladi. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish uchun beriladigan talabnoma tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli bo'lishi lozim. Talabnomada quyidagilar bo'lishi kerak: tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza; tovar ishlab chiqarilgan joyni jo'g'rofiy obyekt chegarasida ko'rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi. Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur: talabnoma berganlik uchun patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat; talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi; talabnoma beruvchining zikr etilgan jo'g'rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo'g'rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bog'liq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar; chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro'yxatdan o'tkazilmaydi: tovar kelib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.09 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.09 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga