Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zarar o'rnini qoplash. Ma'naviy zararni qoplash

Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zarar o'rnini qoplash. Ma'naviy zararni qoplash

O'quvchilarga / Huquq
Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zarar o'rnini qoplash. Ma'naviy zararni qoplash - rasmi

Material tavsifi

Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida etkazilgan zarar o'rnini qoplash. ma'naviy zararni qoplash. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar Reja: Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida etkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida etkazilgan zarar o'rnini qoplash iste'molchilarga delikt oqibatida zarar etkazishdan vujudga keladigan majburiyatlar o'ziga xos xususiyatlar bilan odatdagi zarar etkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardagi javobgarlikdan farq qiladi. Bu xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Malumki delikt majburiyatlar shartnoma majburiyatlaridan farq qilib mutloq huquqiy munosabatlar sifatida etirof etiladi. Lekin, iste'molchiga etkazilgan zarar oqibatida vujudga keladigan delikt majburiyatlarini mutloq huquqiy munosabat deb bo'lmaydi. Chunki, fuqaro iste'molchi maqomiga har kim bilan bo'ladigan huquqiy munosabatlarda emas, faqatgina muayyan shaxs bilan bo'lgan huquqiy munosabatlarda ega bo'ladi. iste'molchi xoh shartnomali majburiyat bo'lsin, xoh shartnomadan tashqari majburiyatlar bo'lsin faqatgina ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va ijrochi bilan, shunda ham aynan shu shaxslarning tovari yoki xizmatidan foydalangan yoki foydalanish istagida bo'lgan hollarda fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham iste'molchi delikt majburiyatlarida ham cheklangan va muayyan aniq shaxslar bilan huquqiy bog'liqlikda bo'ladi. 2. iste'molchi ishtirokidagi delikt munosabatlari juda tor doiradagi va juda qisqa muddatda vujudga kelishi bilan xarakterlanadigan munosabatlardir. Masalan, iste'molchi deliktga faqatgina muayyan tovarni sotib olish yoki muayyan ish yoki xizmatga buyurtma berish jarayonida kirishadi xolos. Boshqa holatlarda iste'molchi ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va ijrochi bilan shartnoma munosabatlari bilan bog'langan bo'ladi. To'g'ri, FKning 57-bobi 3-paragrafi «Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida etkazilgan zararning o'rnini qoplash» deb nomlanib, unda tovar(ish, xizmat)ning konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to'g'risidagi ma'lumot noto'g'ri yoki etarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga etkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo'lgani yoki bo'lmaganidan qatiy nazar, qoplanishi lozimligi qayd etilgan. FKning bu bobida belgilangan qoidalar ham iste'molchiga delikt orqali etkazilgan zararni qoplashga taalluqlidir. Zero, FK 1017-moddasining ikkinchi qismida, ushbu qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning ko'rsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki istemol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qo'llaniladi. Bu holatda iste'molchi ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi bilan tuzgan shartnomaviy aloqalar tugagan yoki hali bu munosabatlar natijasida belgilangan muddatda vujudga kelgan zarar qoplanishi nazarda tutiladi. FKning 1019-moddasi bu holatni quyidagicha ifodalaydi: Tovar(ish, xizmat)ning nuqsonlari oqibatida etkazilgan zarar, agar u tovar (ish, xizmat) ning belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida etkazilgan bo'lsa, qoplanishi lozim. Agarda yaroqlilik muddati belgilanmagan bo'lsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o'n yil mobaynida qoplanishi lozim. «iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq, tovar (ish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.06 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.06 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga