Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Reja: 1. Temir yo'l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 2. Mast holdagi shaxsning transportvositasini boshqarishiga yo'l qo'yish jinoyatining yuridik tahlili. 3. Transportni ta'mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 4. Temir yo'l, dengiz, daryo, havo transportivositasi yoki aloqa yo'llarini yaroqsiz holatga keltirish jinoyatining yuridik tahlili. 5. Temir yo'lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish jinoyatining yuridik tahlili. 6. xalqaro uchish qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 7. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 8. Transport vositasini olib qochish jinoyatining yuridik tahlili. 9. Transportning xavfsiz ishlashini ta'minlashga doir qoidalarni buzish jinoyatining yuridik tahlili. 1. Temir yo'l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. (O'zR JK 260-moddasi) Ushbu jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog'lig'i, o'zganing mulkidir. Jinoyatning predmeti temir yo'l, dengiz, daryo, havo transporti hisoblanadi. subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlik natijasida sodir etiladi. JK 260-moddasida javobgarlik belgilangan jinoyatning subyekti 16 yoshga to'lgan va xizmat yuzasidan zimmasiga harakat yoki temir yo'l, dengiz, daryo, havo transportidan foydalanish (basharti faoliyati transport haraka-ti yoki undan foydalanish bilan bog'liq bo'lsa, transport faoliyati xavfsizligini ta'minlash) xavfsizligiga rioya qilish vazifasi yuklangan har qanday shaxs bo'lishi mumkin. Mazkur moddaning 2-qismida odam o'lishiga sabab bo'lgani harakat yoki temir yo'l, dengiz, daryo, havo transporti xavfsizligi qoidalarining buzilishi uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Shu moddaning 3-qismida javobgarlikni og'irlashtiruvchi holatlar: 1) odamlar o'limiga; 2) haloqatga; 3) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lgan temir yo'l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. 2. Mast holdagi shaxsning transportvositasini boshqarishiga yo'l qo'yish jinoyatining yuridik tahlili. (O'zR JK 261-moddasi) Mazkur jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog'lig'idir. obyektiv tomondan jinoyat transport vositasidan foydalanish uchun masul shaxsning mast holatdagi yoki giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida bo'lgan shaxsni temir yo'l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yo'l qo'yishi natijasida badanga og'ir shikast etkazilishi yoxud odam o'lishiga sabab bo'lishida ifodalanadi. subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko'zlangan maqsadi qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Aybdor haydovchining alkogol ta'siri ostida mast holda ekanligini yoki giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida ekanligini bilishi jinoyatni tahlil qilinayotgan modda bo'yicha kvalifikatsiya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.92 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.92 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx