Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari Reja: Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarning vazifalari va funksiyalari Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'rtasidagi o'zaro aloqalar. Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirlar kengashi Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarning vazifalari va funksiyalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar hokimliklari huzuridagi komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash hamda himoya qilish, voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakatlar qilishlariga imkon tug'diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish; -voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo'yicha davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish; -voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo'yicha takliflar ishlab chiqish; -tumanlar va shaharlar hokimliklari huzurlaridagi komissiyalar faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar o'zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq: Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzilishlarining oldini olish, hodisalarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, bolalar va o'smirlarni joylashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar; -tumanlar (shaharlar) komissiyalarining faoliyatini nazorat qiladilar, yo'naltiradilar va muvofiqlashtiradilar, ularga uslubiy yordam ko'rsatadilar, ularning ijobiy ish tajribalarini umumlashtiradilar va ommalashtiradilar; -tumanlar (shaharlar) komissiyalarining voyaga yetmaganlarni maxsus o'quv-tarbiya muassasalariga yuborish to'g'risidagi qarorlarini tekshiradilar va ular noqonuniy yoki asossiz deb topilgan hollarda, bu qarorlar ustidan tegishli tuman (shahar) hokimiga shikoyat qilinmagan taqdirda, ularni bekor qiladilar. Ko'rsatib o'tilgan funksiyalarni bajarish chog'ida komissiyalar mazkur Nizomning 19-bandida ko'rsatilgan huquqlardan foydalanadilar. Tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarning vazifalari va funksiyalari Quyidagilar tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi: -voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash hamda himoya qilish, voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakatlar qilishlariga imkon tug'diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish; -voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, o'qitish, qarash sharoitlari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi muassasalarida va Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muassasalarida voyaga yetmaganlar bilan muomala qilish ustidan nazoratni tashkil etish; -voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish masalalari bo'yicha davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish; -jinoiy-axloq tuzatish tizimi muassasalaridan ozod etilgan yoxud o'quv-tarbiya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.07 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.07 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc