Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatini o'rnatilishi

Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatini o'rnatilishi

O'quvchilarga / Huquq
Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatini o'rnatilishi - rasmi

Material tavsifi

Turkiston o'lkasida bolsheviklar hokimiyatini o'rnatilishi Reja: Turkistonda Sovet hokimiyatining o'rnatilishi. TASSRning tashkil topishi va uning 1918, 1920 yillardagi Konstitutsiyalari. 1918-20 yillardagi Turkiston qonunchiligining o'ziga xos xususiyatlari. 1917 yil 27 fevralda Petrogradda burjua-demokratik inqilobi g'alabasi Turkiston o'lkasiga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiya komitetlari tashkil etila boshlandi. Toshketning hamma daxalari vakillari to'planib «Sho'roi Islom» tashkilotini tuzishgan. 1917 yilning mart oyida o'lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala bo'lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g'oyasi nafaqat demokratik ziyolilar o'rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham keng tarqalgan. 31 mart kuni rus podshosining o'lkadagi tayanchi- Turkiston general gubernatori hokimiyatni tark etdi. 1917 yil 7 aprelda Mu-vaqqat hukumat qarori bilan Shchepkin raisligida Turkiston komiteti tashkil qilingan. 9 kishidan iborat bu komitet a'zolarining 4 tasi: Davlat Dumasining a'zosi A.Bukeyxonov, II-chaqiriq Davlat Dumasi a'zosi Mahmudjon Tinishpaev, II-chaqiriq Davlat Dumasining a'zosi Sadri Nizamovich Maqsudov va general mayor Abdulaziz Davlatshin bor edi. Aslida, Muvaqqat hukumat Turkiston general-gubernatorligi bilan almashtirilib, o'lkani mustamlakachilik usulida boshqarishning tashqi lavhasigina o'zgartirilgan, uning mohiyati esa avvaligicha qolavergan. Natijada, Turkiston qo'mitasi bilan mahalliy jamoat tashkilotlari o'rtasida qarama-qarshilikni vujudga keltirdi. Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy-siyosiy faolligi sharoitida Toshkentda 1917 yil 16 aprelida «Sho'roi Islomining Toshkent tashkiloti tashabbusi bilan chaqirilgan Butunturkiston musulmolarining I-qurultoyi ish boshladi. Bu se'zda o'lkadagi barcha tub xalqlarning vakillaridan iborat 150 ta delegat qatnashgan. Rayosat tarkibiga Munavvar qori, Ubaydulla Xo'jaev, Sherali Lapin, Mustafo Cho'kaev, Toshpo'latbek Norbuta-bekov, Ahmad Zaki Validiy, Sodiq Sattorov, I.Shoaxmedov, Abdurahmon O'razaev, Mulla AbduMahmud Mahmudov, Serekboy Akaev, Axmadbek Qo'ybokarov, Sobirjon Yusupovlar hukumatga munosabat; Rossiyada idora qilish shakli to'g'risida; Ta'sis majlisiga tayyorgarlik ko'rish haqida; Turkistondagi mahalliy fuqarolar muassasalari; Turkistonda diniy-shariat muassasalari; maktablar, madrasa-lar va vaqflar; moliyaviy ishlar; avvalgi zamondan qolgan muassasa-larni yangilash; Turkistondagi barcha musulmonlarga rahbarlik qiluvchi islom diniy boshqaruvini tuzish to'g'risida» oziq-ovqat masalasi; urushga munosabat; front ortida (mamlakat ichkarisida) xizmat qiluvchilar haqidagi masala; «Sho'roi Islomni» o'lka miqyosida birlashtirish to'g'risida; «Sho'roi Islomiya»ning ijroiya qo'mitalariga munosabat; Rossiya Umummusulmonlar s'ezdiga delegatlar saylash haqida; yer-suv to'g'risidagi masalalar kiritilgan edi. S'ezdning so'nggi majlisida Markaziy rahbarlik organi - Turkiston o'lka musulmonlar Sho'roi (O'lka mus sho'rosi)ni tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. O'lka musulmon sho'rolarini tuzish milliy harakatga uyushgan va markazlashgan tus bag'ishlash uchun barcha tarqoq, bir-biri bilan o'zaro bog'langan musulmon jamiyatlari, qo'mitalari va ittifoqlarini birlashtirishni ko'zda tutardi. O'lkamussho'roning 1917 yil …Bo'lib o'tgan majlisida Nizom qabul qilindi. Nizomga muvofiq barcha shahar, uezd, volost, musulmon sovetlari va «Sho'roi Islom», «Ravnaq-ul islom», «Mirvaj-ul-islom», «Muallimlar jamiyati», «Talabalari jamiyati» kabi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.69 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.69 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga