Turli toifadagi qonunbuzarlarning psixologik jihatlari Reja: Balog'at yoshidagi qonunbuzarlarning psixologik xususiyatlari. Balog'at yoshiga tegishli bo'lgan tergov ishlarining psixologik xususiyatlari. Ichkilikbozlik, alkogolizm, narkomaniya sabablarining psixologik tavsifi va ularning psixoprofilaktikasi. Balog'at yoshidagi qonunbuzarlarning psixologik xususiyatlari Xulq-atvori og'ir o'smirlarning shaxsi shakllanishiga ko'pchilik hollarda oilaviy shart-sharoitlar, ota-onaning yoki qarindoshlarning ichkilikbozligi, ularning axloqqa zid xulq-atvorlari salbiy ta'sir o'tkazadi.Tarbiyasi og'ir o'smirlar uchun odatda o'qishga umum e'tirof etganiga nisbatan zid munosabat xos bo'lib, oxir-oqibatda bu uni sinfiga, maktabga, bilim yurti jamoasiga qarama-qarshi qilib qo'yadi. Aksariyat hollarda huquqbuzarlar o'smirlar - ichki salbiy munosabatlar natijasida maktab jamoasida o'z o'rnini topa olmagan o'quvchilar bo'lib chiqadi. O'smirlik (11-15 yosh) davri, asosan biologik jihatdan o'tkinchi bosqich bo'lib hisoblanadi. Ijtimoiy nuqtai nazardan o'smirlik ilk ijtimoiylashuv davrini bildiradi. Biroq o'smirlik bolalik davriga nisbatan ziddiyatliligi bilan farqlanib turadi. Navqironlik (14-18 yosh) go'yo bolalik bilan yetuklik o'rtasidagi uchinchi bir dunyo. Yoshlik dastlabki ijtimoiylashuvning yakuniy pallasi hamdir. Yoshlikning ijtimoiy daraja va mavqeiga nisbatan oraliq holati yoshlar psixikasida o'ziga xos aks etadi. Tengdoshlari bilan doimiy muloqotga ehtiyojning kuchayishi, o'zligini tasdiqlashga intilish, tengdoshlarining o'zi haqidagi fikr mulohazalariga ta'sirchanlik - o'smirlik davriga xos xususiyatlardir. Nomaqbul oilaviy shart - sharoitlar tarbiyasi og'ir o'smir shaxsining shakllanishidagi eng asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Ota - onalarning janjallari, o'smirlarning jismoniy jazolanib turilishi, tabiiy ravishda tormozlashuv me'yorlari buzilishiga, qiziqqonlik, o'ta qo'zg'aluvchanlik, o'zini qo'lga ola bilmaslik kabi illatlarning tug'ilishiga sabab bo'ladi. Voyaga yetmagan o'smirlar uchun guruhga uyushib huquqbuzarlik qilish xosdir, chunki ayrim jinoyatlarni yolg'iz o'smir uddalay olmaydi. Voyaga yetmaganlarning jinoiy xulq-atvorlari tahlili mobaynida 4 toifadagi huquqbuzarlik omillari aniqlangan bo'lib, ularning ijtimoiy xavfli ko'rinishlari quyidagichadir: Tasodifiy, shaxsning umumiy yo'naltirilganiga zid keladi. Shaxsiy yo'naltirilganlikning beqarorligi ehtimoli mavjud, sabab va vaziyat taqozosiga monandlashadi. Shaxsning salbiy yo'naltirilgani natijasida vaqtini o'tkazadigan muhit, payt va xatti-harakatlarini bevosita turlarini tanlash, jinoiy xulq - atvordan ibrat olish bilan bog'liq. Shaxsning jinoiy ko'rsatmasi mavjud bo'lib, faol izlanish sabab va vaziyatni tashkil qilish, jinoiy faoliyatni amalga oshirish, amaldagi ijtimoiy normalarga barqaror tarzda zid baho va munosabatda bo'lishga olib keladi. Balog'at yoshiga tegishli bo'lgan tergov ishlarining psixologik xususiyatlari. Dastlabki tergovda voyaga yetmagan huquqbuzarning shaxsi quyidagi reja bo'yicha o'rganiladi: Nasliy - biologik omillar: ota - onalardan birining asab va kasalliklarga moyilligi, homiladorlik patologiyasi, ichkilikbozlik, narkotik moddalar iste'mol qilishning salbiy ta'siri kabilar. O'smirning eng yaqin ijtimoiy muhiti: oila, ota - onalarning, aka - uka, opa - singillar ijtimoiy - iqtisodiy mavqelari, oiladagi o'zaro munosabatlar, o'smirlarni tarbiyalash xususiyatlari, o'qishga munosabat, o'qituvchilarga munosabat, do'stlar guruhida o'smirning mavqei. O'smirning shaxsiy ta'rif-tasnifi: xarakteri va temperamentining xususiyatlari, qadriyat-motivatsiya majmui, o'smirning qanday qadriyatlarga yo'naltirilgani, da'volarning darajasi, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.65 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.65 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc