Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish tartibi REJA: Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxsning huquqiy holati. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish tartibi va asosi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish asoslari, shartlari va tartibi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan mahkumlarni saqlash sharoitlari. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning huquqiy holatlari. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan mahkumning afv etish to'g'risida iltimosnoma berishi va bu iltimosnoma ko'rib chiqilgunga qadar uning huquqiy holatlari. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish asosi. Umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish tartibi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini bekor qilish to'g'risidagi farmoni. Jinoiy ja'zolarni liberallashtirish munosabati bilan o'lim jazosini uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish masalalari. Umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oltmish yoshdan oshgan erkakka va 18 yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin emas. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi avf etish tartibida uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin. Umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxs quyidagilarga haqli: qonunda nazarda tutilgan tartibda zarur fuqaroviy-huquqiy va oila nikoh munosabatlarini rasmiylashtirishga; yuridik yordam olish hamda muddati va miqdori cheklanmagan holda advokatlar bilan uchrashishga; cheklanmagan miqdorda xat olish va jo'natishga; yaqin qarindoshlari bilan har oyda bir marta qisqa muddatli uchrashuvga; zarur tibbiy yordam olishga. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega bo'lgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga ko'pi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga ko'ra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari ham mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o'taydilar. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki o'n yilini qattiq saqlash sharoitlarida o'taydilar. Muddatning kamida o'n yilini o'tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga o'tkazilishlari mumkin. Muddatning kamida o'n besh yilini o'tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga o'tkazilishlari mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga to'g'ri keladigan yashash maydonining normasi to'rt kvadrat metrdan kam bo'lishi mumkin emas. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida o'tayotgan mahkumlar o'z shaxsiy hisobvarag'ida mavjud bo'lgan mablag'lardan belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha bo'lgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc