Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini takomillashtirish muammolari Ma'lumki, qonunga itoatkor har bir fuqaro, ayniqsa, hozirgi o'tish davri sharoitida jinoyat qonunchiligi jazo tizimida o'lim jazosini saqlab qolish-jamiyat xavfsizligini ta'minlovchi muhim vositalardan biri deb biladi. Lekin, shafqatsizlik o'zi bilan shafqatsizlikni keltirib chiqaradi. Bu o'z o'rnida oliy qadriyat hisoblangan inson hayotining ijtimoiy qiymatiga ta'sir ko'rsatadi. Xo'sh, fuqarolarimiz ongida - jinoyatni sodir etayotgan shaxs o'limga hukm qilinishi mumkin degan tahlika bilan jinoyatdan qaytadi- degan fikrda yoki jinoyat qonunchiligi jazo tizimida o'lim jazosining qoldirilishi jamiyatda jinoyatchilik dinamikasi o'sishini jilovlab turuvchi muhim vosita hisoblanadiku» - degan qarashlarda qanchalik asos bor? Mazkur masalaga ikki yo'nalishda yondashish mumkin. Kriminologik tadqiqot natijalariga ko'ra, 70% holatda o'lim jazosiga loyiq jinoyatni sodir etuvchilar jinoyatni sodir etish oldidan o'lim haqida o'ylamaydi va jazodan qutilib qolish umidida bo'ladi. Shuningdek, o'lim jazosi tarzdagi javobgarlik nazarda tutilgan jinoyatlar odatda, to'satdan kuchli qo'zg'alish ta'sirida va vaziyatdan kelib chiqib sodir etiladi. Statistik ma'lumotlariga ko'ra, birgina Kanada davlatida 1976 yilgi qonun bilan o'lim jazosi bekor qilingach, 20 yil ichida qotillik jinoyati 27% ga kamaygan bir paytda, o'limga hukm qilish bo'yicha jahonda yetakchi o'ringa ega bo'lgan AQSH, Xitoy va Nigeriya mamlakatlarida esa jinoyatchilik darajasi hali ham o'smoqda (albatta aholi soni va iqtisodiy rivojlanish darajasi hisobga olingan holda). Demak, hozirgi rivojlanish taraqqiyot sharoitida jahon mamlakatlarida, shu jumladan, Respublikamiz jinoyat qonunchiligi jazo tizimida o'lim jazosini bekor qilish va uning o'rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni joriy qilish milliy huquqiy tizim oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanib, ushbu masalaning hal etilishi quyidagi ahamiyatli jihatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, o'lim jazosini bekor qilinishi va uning o'rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzdagi jazoning joriy qilinishi O'zbekistonning inson hayoti, sha'ni, qadr-qimmati, demokratik yo'l tarafdori ekanligini isbotlovchi vosita hisoblanadi. Ikkinchidan, o'lim jazosini bekor qilinishi va uning o'rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning joriy qilinishi sud yo'l qo'ygan xatoni to'g'rilash imkoniyatini beradi va bu bilan mamlakatimizdagi insonparvarlik siyosatiga yaqqol namoyon bo'ladi. Uchinchidan, o'lim jazosining bekor qilinishi va uning o'rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning joriy qilinishi mamlakatimizning Yevropahamjamiyatiga kirib borishi va xalqaro nufuzini oshirishdagi muhim element hisoblanadi. Fikrimizcha, mazkur holatlardan kelib chiqib, Respublikamiz jinoyat qonunchiligi jazo tizimida umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo joriy qilinadigan bo'lsa, mazkur jazoning xorijda ijro etilishini o'rganish muhim ahamiyatga ega bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyat shu munosabat bilan qabul qilinadigan qonunda bunga katta e'tibor qaratishi lozim. Shu o'rinda savol tug'iladi, umrbod ozodlikdan mahrum etiladigan shaxslar umrining oxirigacha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.01 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.01 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc