Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi

Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi

O'quvchilarga / Huquq
Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi tushunchasi, ahamiyati huquqiy belgilari va boshqa shartnomalardan farqi 2. Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining mazmuni Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi tushunchasi, ahamiyati huquqiy belgilari va boshqa shartnomalardan farqi Umrbod ta'minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi mol-mulkni bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga topshirish shartnomalari turkumiga kiradi. Bu shartnomaning mohiyatini uy-joy yoki kvartira va u bilan bog'liq yer uchastkasini ikkinchi bir shaxsga topshirish tashkil etadi. Mazkur shartnoma milliy mintalitetimiz asosida qabul qilingan Fuqarolik kodeksining o'ziga hos xususiyatlaridan hisoblanadi. Buning asosiy sababi, aksariyat mamlakatlar fuqarolik qonunchiligida bu shartnoma renta shartnomasining bir turi sifatida ko'rsatiladi. (Masalan, RF GKsining 601-moddasi). Lekin mamlakatimizda ojiz, zaif kishilarga yordam berish, ularga g'amxo'rlik qilish maqsadida fuqarolik-huquqiy shartnomalarning mazkur turi ijtimoiy zaif shaxslarni qo'llab-quvvatlashning ta'sirchan vositalaridan biri bo'lishi uchun alohida shartnoma turi sifatida e'tirof etildi. Respublikamizda bozor munosabatlariga, erkinlik va demokratiyaga asoslangan buyuk kelajak sari ildamlik bilan olg'a rivojlanib bormoqda. Bozor tamoyillarini jamiyatda keng qo'llanib borilishi va ildiz otishi odamlardagi tadbirkorlik, tashabbuskorlik intilishlarini avj oldirmoqda, daromad olishning an'anaviy usullaridan samarali foydalanish, noan'anaviy usullarini axtarib topishga undamoqda. Ammo, keksa, sihat-salomatligi ahvoli yomon bo'lgan yoki boshqa toifadagi imkoniyatlari cheklangan fuqarolar tadbirkorlik maydonida yetarli darajada harakat qilish va shu yo'l bilan daromad topish imkoniga har doim ham ega bo'lavermaydilar. Insonning eng asosiy ma'naviy qadriyatlaridan biri - ojiz, zaif kishilarga yordam berish, ular haqida g'amxo'rlik qilish, qo'llab-quvvatlash hisoblanadi. Bu qadriyat axloqiy qoidalarda ham, huquqiy me'yorlarda ham o'z ifodasini topgan. Shu sababli bunday g'amxo'rlik mas'uliyati o'zgalarga ko'mak berishga layoqatli har bir inson zimmasida deb aytish mumkin. Ko'p hollarda bunday mas'uliyat hech qanday ta'masiz, ezgu niyatlar bilan amalga oshiriladi. Ayni vaqtda qonunlarda o'zgalar qaroviga, parvarishiga muhtoj shaxslar bilan shunday parvarishni amalga oshiruvchi shaxslar manfaatini umumlashtirish, ularning o'zaro munosabatlarini shartnoma asosida rasmiylashtirib, ularning bir-birlariga nisbatan huquq va burchlarini belgilab qo'yish holatlari ham nazarda tutilgan. Davlat ijtimoiy qo'llab-quvvatlash jamg'armalari hisobiga ushbu toifadagi fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar, boshqa ijtimoiy ta'minot berish shakllarida moddiy madad ko'rsatilayotgan bo'lsa-da, bu yordamlar o'z hajmiga ko'ra har doim ham yetarli bo'lavermaydi, bu shaxslarda qo'shimcha kun kechirish manbalarini qidirib topish zaruratini yuzaga keltiradi. Kundalik hayotimizda keng tarqala boshlagan mulkni ijaraga berish, o'z mablag'larini omonatga qo'yish yoki korxonalarning qimmatli qog'ozlariga ega bo'lish orqali, ulardan keladigan dividend (foiz daromad) hisobiga daromad topish kabilar ana shunday hayot kechirishga yordam beruvchi manbalardan sanaladi. Lekin bu manbani qo'lga kiritish uchun shaxs muayyan harakat qilishi lozim bo'ladi. Garchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.48 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.48 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga