Umumiy etikaning asoslari Reja: 1. Axloq va yurish-turish qoidalari 2. Etikaning rivojlanish tarixi. 3. Asosiy etika qoidalarining xususiyatlari. Axloq va yurish-turish qoidalari Yuqorida keltirganimizdek «etika» termini qadimgi grek «etos» so'zidan kelib chiqqan bo'lib urflar, odatlar, xulq-atvorlarni bildiradi va etika fan sifatida 20 asrdan ortiqroq mavjud. Etika bu odob-axloq haqidagi fan. Odob-axloq ijtimoiy ong shakli bo'lib unda jamiyatda yashayotgan kishilarning g'oyalari, tasavvurlari, tamoyillari hamda yurish-turish qoidalari o'z aksini topadi. Axloq va yurish-turish qoidalarini sinonim tariqasida qo'llash mumkin. Ma'lumki jamiyatda kishilarning yurish-turish qoidalarini tartibga soluvch turli ijtimoiy normalar mavjud bo'ladi. Bu ijtimoiy normalar ijtimoiy jamoa yoki guruhlar doirasida umumqabul qilingan qoidalar yoki, axloq na'munalari hisoblanadi. Bu normalar jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga soluvchi vosita, kelishilgan jamoaviy harakatlarni takomollashtirishga xizmat qiladi. Axloqiy normalarning mohiyatini yaxshiroq tushunush uchun boshqa ijtimoiy normalarni ko'rib chiqishimiz lozim bo'ladi. Masalan, odatlarni olaylik. Odatlar avloddan-avlodga o'tib kelayotgan umumqabul qilingan va takrorlanib kelayotgan kishilarning axloq qoidalari shakllari bo'lib, ijtimoiy va madaniyat tajribalarini avloddan-avlodga o'tkazib kelish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Marosimlar bu marosimlarni o'tkazish tartib qoidalari. An'analar bu insonlarning u yoki bu jamiyatdagi vaqtlar davomida sinovlardan o'tib uzoq muddat yashab kelayotgan axloq normalari hisoblanadi. Huquq bu davlat tomonidan qabul qilinadigan va qo'riqlanadigan axloq qoidalaridir. Din bu borliq olamni yaratguvchi Olloh haqida insonlarning tassavvuriga asoslangan insoniyat jamiyatining ruhiy-axloqiy qoidalari hisoblanadi. Jamoat tashkilotlarining normalari bu ushbu jamoat tashkilotlarining o'zlari tomonidan qabul qilinadigan va ushbu tashkilotlarning ustavlarida ko'zda tutilgan jamoat ta'sir choralari vositasida himoya qilinadigan muomala qoidalaridir. Ushbu yuqorida sanab o'tilganlardan farqli o'laroq, axloq normalari bu jamiyatda insonlarning yaxshilik bilan yomonlik, adolat va adolatsizlik, burch, sha'n, qadr-qimmat haqidagi tasavvurlariga muvofiq holda o'rnatiladigan qoidalar hisoblanadi. Bu normalar ba'zan huquq deb ataladi va xulq-atvor qoidalarini o'zida ifodalaydi va axloqiy nuqtayi nazardan olganda yaxshi xulq-atvorlar, jinoiy xulq-atvorlar, xulq-atvorlarni tuzatishlar deb baholanadi. Odob-axloq normalari nohuquqiy tusdagi hujjatlarda mavjud bo'ladi. Ularga turli xil kodekslar, qasamyodlar va boshqalar kiradi. Bunga misol qilib 1979 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasining 34-sessiyasi tomonidan qabul qilingan huquqiy tartibotni qo'llab-quvvatlash bo'yicha rahbar xodimlarning odob-axloqi Kodeksini keltirish mumkin. Ushbu Kodeksda huquqni himoya qiluvchi organlarning, birinchi navbatda jinoyat ishi bo'yicha tergov olib borayotganlarning inson qadr-qimmatini hurmat qilish va himoyalashini, inson huquqini qo'llab-quvvatlash va himoya qilishini (2-m.), oxirgi zaruratlardagina va ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga talab qilinadigan darajadagina kuch ishlatishni (3-m.), o'z faoliyatini amalga oshirish davomida olingan maxfiy tusdagi ma'lumotlarni, agar o'z vazifasini bajarish yoki odil sudlov boshqacha qalab qilmasa, sir saqlashi lozimligi (4-m.), qiynash yoki boshqa shafqatsiz, noinsoniy yoki qadr-qimmatni toptaydigan har qanday harakatga murosasiz qarashlik lozimligi belgilab qo'yilgan. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.11 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.11 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc