Reja: O'rta bo'g'in sudyalarining vakolatlari O'rta bo'g'in sudlarining tarkibi va tuzilishi Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi vakolatlari va bu sudlarda ishlarni tashkil qilish O'rta bo'g'in sudyalarining vakolatlari Jinoyat ishlari va fuqarolik ishlari bo'yicha Qoraqal-pog'iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari va fuqa-rolik ishlari bo'yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari umumiy sudlar tizimida o'rta bo'g'inni tashkil etadilar. Sud tizimida o'rta bo'g'in sudyalari bir xil vakolat va mavqega egalar. Ular fuqarolik ishlari va jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda keng huquqlarga egalar, xususan ular ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko'rib chiqadilar. Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi: o'z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellyatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko'radi; tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining faoliyati us-tidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi; qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Ushbu bo'g'in sudlari birinchi instansiya sudi sifatida JPK 389-moddasida ko'zda tutilgan jinoyat ishlarini ko'rib chiqadilar. Masalan, jinoyat ishlari bo'yicha Qoraqalpog'is-ton Respublikasining Oliy sudi Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismida, 118-moddasining to'rtinchi qismi-da, 150,153, 155,157,158-moddalarini uchinchi qismida, 159-moddasi to'rtinchi qismida, 160,161 moddalarida, 210-mod-dasi uchinchi qismida, 230,231,242,244-moddalarida, 273-mod-dasi beshinchi qismida ko'zda tutilgan jinoyatlarning (javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish, javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda nomusga tegish, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar, davlat boshqaruvi tartibiga, odil sudlovga qarshi va boshqa og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar to'g'risida) sud ishini ko'rib chiqadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo'yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonunda o'z vakolatlariga berilgan fuqarolik ishlarini, shuningdek, alohida holatlarni hisobga olib har qanday fuqarolik ishini Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hududidagi fuqa-rolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida o'zining ish yuriti-shiga qabul qilib olishga yoki bir suddan boshqa tegishli sudga o'tkazishga haqli (FPK 142, 143-moddalari). Viloyat yoki unga tenglashtirilgan sud barcha protsessual qoidalarga amal qilgan holda ishni ko'rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. O'rta bo'g'in sudlari tumanlararo va tuman sudlariga nisbatan yuqori turuvchi sud hisoblanadilar va ushbu sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning asosli va qonuniyligi-ni tekshirish ishlarida faol ishtirok etadilar. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 200 yil 14 dekabrdagi ikkinchi chaqiriq IV-sessiyasida qabul qilin-gan yangi tahrirdagi «Sudlar to'g'risida»gi qonunning asosiy yangiliklaridan biri umumiy yurisdiksiya sudlarida protses-sual qonunchilikning muhim tartibi (instituti) hisoblana-digan ishlarni apellyatsiya tartibida ko'rib chiqishning jo-riy etilishi bo'ldi. Bu institut xalqaro amaliyotda e'tirof etilgan bo'lib, Respublika xo'jalik sudlari tizimida qo'l-laniladi. Ishlarni apellyatsiya tartibida ko'rib chiqish yuqo-ri turuvchi sud instansiyasiga dalillarni bevosita tekshi-rib chiqish va tegishli qaror chiqarishga imkon beradi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.45 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
80.45 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc