Undirilgan pul summalarini taqsimlash va undiruvchi talablarini qanoatlantirishning navbati Reja: 1.Qarzdordan undirilgan pul summalarini taqsimlash tartibi. 2.Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati va undiruvlar. 3.Navbati haqida talabalarda tasavvurni hosil qilish va ko'nikmalarni shakllantirish. Qarzdordan undirilgan pul summalarini taqsimlash tartibi Sud ijrochisi qarzdordan undirgan, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilish yo'li bilan olgan pul summasidan ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar to'lanadi, ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplanadi. Qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yig'imini qoplash uchun foydalaniladi. Undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi. Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari bo'yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, bu summa undiruvchilar o'rtasida belgilangan tartibda navbat bo'yicha taqsimlanadi. Har bir keyingi navbatdagi talablar o'zidan oldingi navbatdagi talablar to'liq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi. Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to'la qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 78-moddasida qarzdordan undirilgan pul summalarini taqsimlashning asosiy prinsiplari ko'rsatilgan. Sud ijrochisi qarzdordan undirgan shu jumladan uning mol-mulkining realizatsiya qilish yo'li bilan olgan pul summasidan: -ijro yig'imi undiriladi; - ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorga solingan jarimalar undiriladi; -qolgan pul summasidan undiruvchining talablarini qanoatlantirish va qarzdordan undirilgan pul summasiga mutanosib ravishda ijro yig'imini qoplash uchun foydalaniladi; - undiruvchining barcha talablari qanoatlantirilgandan keyin qolgan pul summasi qarzdorga qaytariladi.Masalan,Qarzdor Aliyevdan undiruvchi Nabiyev foydasiga 500 so'm zarar va davlat foydasiga 100 so'm davlat boji undirish to'g'risida ijro hujjatida belgilangan. Mazkur ijro hujjatiga asosan xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish jarayonida sotuvdan kelib tushgan 200 so'm pul mablag'i sud ijrochilarining bankdagi depozit hisob raqamiga kelib tushgan.Shundan sud ijrochisi birinchi navbatda 100 so'm davlat bojini va ushbu davlat bojiga mutanosib ravishda 100 so'm ijro yig'imini qoplaydi. Qolgan 9900 so'm pul mablag'i hisobidan 1% ya'ni 9900 so'm ijro yig'imi va 980100 so'm undiruvchi Nabiyev foydasiga taqsimlanadi. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati va undiruvlar navbati Undiruvchilar talablarini qondirish navbatini belgilash zaruriyati qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari bo'yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmagan hollarda vujudga keladi. Sud ijrochisi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 80 - moddasida bayon etilgan qoidalarni qo'llashdan oldin qarzdordan undirilgan pul summasining barcha ijro hujjatlari bo'yicha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunning 80-moddasida undiruvchilarning talablarini qondirish navbati batafsil tartibga solingan. Birinchi navbatda: byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga to'lovlar bo'yicha ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.29 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.29 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx