Ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy ja'zolarni va jinoyat huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish

Ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy ja'zolarni va jinoyat huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish

O'quvchilarga / Huquq
Ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy ja'zolarni va jinoyat huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish - rasmi

Material tavsifi

Ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida jinoiy ja'zolarni va jinoyat huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish Reja: Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy ja'zolarni va jinoyat - huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat bo'yicha ishlarni tashkil etish. Jinoiy ja'zolarni ijro etishda qonunlarga rioya etplishi, ustidan nazorat sohasida: Ushlab turilganlarni saqlash joylari rahbariyatlari tomonidan qonunlarni ijro etish prokuror nazoratining xususiyatlari. Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy ja'zolarni va jinoyat - huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat bo'yicha ishlarni tashkil etish. Prokuratura to'g'risidagi qonunning 4-moddasida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri qilib ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy ja'zolarni va jinoiy-huquqiy ta'sirining boshqa sohalarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat. Vaqtincha ushlab turish xonalari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish muassasalarida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, mahbus va mahkumalarning saqlanishi qonuniyligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo'llanilgan intizomiy ja'zolarning qonunga muvofiqligi, jazo o'tash tartibi va sharoitlarini belgilovchi qonun talablarining bajarilishi prokurorning doimiy nazoratidadir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 25 apreldagi sessiyasida yangi Jinoyat ijroiya kodeksi qabul qilindi. Ushbu Kodeks xalqaro huquqning mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa g'ayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilishni ko'zda tutgan o'ta muhim normalarini o'z ichiga olgan va qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differentsiatsiyalash va individuallashtirishga rioya qilish, majburlov vositalarini oqilona qo'llash hamda mahkumlarning qonunga itoatkor xulq atvorini rag'batlantirish prinsiplariga asoslangan. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 2004 yil 12 aprel 5-son buyrug'i qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada takomillashtirish to'g'risida 2004 yil 11 may 24 son buyrug'i qabul qilingan. Ushbu buyruq talablariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi (bundan keyin matnda boshqarma deb yuritiladi), qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, tuman-shahar prokurorlari va maxsus prokurorlar hamkorlikda: O'zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan fuqarolik va xo'jalik ishlari bo'yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari, jinoyat ishlari bo'yicha sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud qarorlarining mulkiy undirishga tegishli qismi va shu moddada sanab o'tilgan, ijro etilishi lozim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.91 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.91 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga