Ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida prokuror nazorati Reja: Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, prokuror nazoratining tushunchasi va vazifalari. Jinoiy ja'zolarni ijro etishda qonunlarga rioya etplishi, ustidan nazorat sohasida Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, prokuror nazoratining tushunchasi va vazifalari. Bizga malumki, O'zbekiston Respublikasi demokratiya va ijtimoiy adolatga to'la asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurish uchun zarur islohotlarni amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasining qabul qilinishi davlat hayotida o'lkan siyosiy o'zgarish mustaqil O'zbekiston davlatini qaror topganligini qonuniy mustahkamlanganini namoyish etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qonunning ustuvorligi- huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qatiyan hukumronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo'jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo'ysunish majburiyatidan xalos bo'lishi mumkin emas, qonun oldida hamma barobardir.-deb takidlagan. Jamiyatni demokratik rivojlantirishni strategik maqsad va vazifalariga mos keluvchi huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan biri prokuratura organlari hisoblanadi. Konstitutsiyaviy asosda davlat hududida qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qilish Bosh Prokuror va unga bo'ysunuvchi prokurorlar zimmasiga yuklatilgan. Prokuratura idoralarining faoliyati qonunning ustuvorligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq tartibotni mustahkamlashga, O'zbekiston Respublikasi bilan mustahkamlangan, oliy qadriyat darajasida ko'tarilgan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat mustaqilligini ijtimoiy davlat tuzumini, siyosiy va iqtisodiy tizimlarini, milliy guruhlar va hududiy tuzulmalarning huquqlarini g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta'minlashga qaratilgan. Prokuratura to'g'risidagi qonunning 4-moddasida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri qilib ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy ja'zolarni va jinoiy-huquqiy ta'sirining boshqa sohalarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 25 apreldagi sessiyasida yangi Jinoyat ijroiya kodeksi qabul qilindi. Ushbu Kodeks xalqaro huquqning mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa g'ayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilishni ko'zda tutgan o'ta muhim normalarini o'z ichiga olgan va qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differentsiatsiyalash va individuallashtirishga rioya qilish, majburlov vositalarini oqilona qo'llash hamda mahkumlarning qonunga itoatkor xulq atvorini rag'batlantirish prinsiplariga asoslangan. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 2004 yil 12 aprel 5-son buyrug'i qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada takomillashtirish to'g'risida» 2004 yil 11 may 24 - son B U Y R U G' I qabul qilingan bo'lib, quyidagi ko'rinishga ega: Mamlakatda yuz berayotgan huquqiy islohotlar natijasida davlat, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.33 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.33 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc