Uyushgan jinoyatchilikni tergov qilish Reja: 1. Uyushgan jinoyatchilik va guruhlar tavsifi 2. Hodisa yuz bergan joyni ko'zdan kechirish chog'ida jinoyatni uyushgan guruh tomonidan sodir etilganligini aniqlash 3. Jinoyatni uyushgan guruh sodir etganligi to'g'risida versiyani ilgari surish va tergovni rejalashtirish Jinoyatchilik bilan kurashishning 70-yillardagi amaliyoti va nazariyasida professional (kasbiy) jinoyatchilik bizda yo'q qilingan, bu narsa bizning jamiyatga xos emas degan fikrlar hukmron edi. Olimlar va amaliyotchilar ko'plab jinoyatlarni bir guruh tomonidan, bir xil usulda yuqori «texnologik» saviyada sodir etilgan holatlariga duch kelganda jinoyatchilarning harakatlarida ba'zi bir «professionallik elementlari» borligi haqidagi yuzaki izohlar berardilar. Jinoiy faoliyat bilan kasb sifatida shug'ullanish haqida hech nima deyilmasdi. Sobiq Ittifoqda professional jinoyatchilikning, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikning mavjud emasligi huquq fanining aqidalaridan biri bo'lib keldi. Ammo vaqti kelib, nafaqat professional, balki professional uyushgan jinoyatchilikning mavjudligini tan olish payti kelishi muqarrar edi. Uning jinoiy-siyosiy jihatini tan olishning o'zi kifoya qilmadi: zudlik bilan o'z yechimini talab qiladigan ilmiy va amaliy tusdagi bir qator muammolar paydo bo'ldi. tashkiliy jihatdan birinchi yondashuvda Ichki ishlar vazirligi tizimida maxsus bo'linma tuzildi va bu ishga muhim ma'lumotlarni aniqlashga qodir kuchli texnika vositalariga ega bo'lgan Davlat xavfsizlik qo'mitasi jalb etildi. Ilmiy jihatdan birinchi navbatda uyushgan jinoyatchilik nima ekanligini hamda uning guruh jinoyatchiligidan farqi nimadaligini aniqlashga to'g'ri keldi. Adabiyotda jinoiy guruhning bir qancha ta'riflari berilgan. Masalan, ba'zi mualliflar uni umumiy maqsadga intiluvchi, ma'lum bir tarzda uyushgan, jamiyat uchun xavfli, inson huquqlarini poymol etuvchi harakatlar asosida birlashgan kichik norasmiy guruh deb e'tirof etishadi. Boshqa mualliflarning fikriga ko'ra, bunday jinoyatchilarni o'zaro shaxsiy munosabatlar emas, yuqori darajada rivojlangan jinoiy faoliyat birlashtiradi. Jinoiy faoliyat asosidagi jamiyatga qarshi shaxslar kichik norasmiy guruh tusidagi ma'lum bir tarzda tashkillashtirilgan uyushma va birlashgan holatda harakat qiluvchi faoliyat subyektidir. Ana shu subyektlarning hamjihatliligi darajasiga qarab, jinoiy guruhning quyidagi kriminalistik turlari mavjud: tasodifiy, uyushgan, jinoiy tashkilotlar. Birinchi guruhga guruhiy jinoyatni sodir etish uchun tasodifiy sharoitlar taqozosida birlashgan shaxslar kiradi. Uning asosiy maqsadi jinoyat sodir etish emas, balki muloqotga bo'lgan ehtiyojni qondirishdir. Guruhning ko'pgina a'zolari dastlab jinoyatni bir-birini qo'llab-quvvatlash uchun, tasodifan, hamma bilan o'sha yerda bo'lgani uchun yoki to'satdan ro'y bergan vaziyat natijasida amalga oshiradilar. Tasodifiy guruhda rollar odatda taqsimlanmaydi va guruh a'zolarining uyushqoqligi ham ancha past bo'ladi. Agar tasodifiy jinoiy guruh fosh etilmay qolsa va u kriminalistik faoliyatni davom ettirsa asta-sekin, uyushgan jinoiy guruhga aylanadi. Bu guruhlar yetakchi bo'lmasa-da, ular ancha uyushqoq bo'lib, eng faol va obro'li a'zolaridan iborat o'zakka egadir. Jinoiy faoliyatda bir yoki bir necha shaxs tobora yetakchi rol o'ynay boshlaydi. Ular boshqalardan ko'ra faol ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.61 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.61 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc