Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar

Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar

O'quvchilarga / Huquq
Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar - rasmi

Material tavsifi

Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar Reja: Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar Uyushgan jinoyatchilik bilan bog'liq ma'naviy muhit Uyushgan jinoyatchilikning oldini olishdagi profilaktik chora-tadbirlar tizimi Uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar Uyushgan jinoyatchilik o'ziga xos harakatchan aloqalar bilan bog'- langan shakli va turlariga, ichki «oila rishtalariga ega bo'lish» va ushbu tizimning rivojlanishi uchun o'ziga xos tijorat (biznes) hamda turli faoliyat yo'nalishlarining o'zaro bog'liqligini ta'minlash asosida jinoiy faoliyat yuritadi. Uyushgan jinoyatchilikning jinoiy yo'l bilan olgan foydasi ayni paytda yangi daromadlar olishga sarf qilinadi. Uyushgan jinoyatchilik aynan shu tariqa o'zining xavfsizligini ta'minlashga qodir va jamiyatni paro- kandalikka olib keluvchi hamda moddiy jihatdan katta zarar keltiruvchi tizimga ega. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish uchun esa birinchi galda uning sabab va sharoitlarini bilish katta ahamiyatga ega. Mavjud huquqiy va maxsus adabiyotlar hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotidan ma'lum bo'ldiki, uyushgan jinoyatchilikning kelib chiqishida muayyan sabab va sharoitlar mavjud. Ijtimoiy munosa- batlarda jinoiy bo'lmagan munosabatlarning jinoyatga sabab bo'lishi mumkinligini oldindan ko'ra bilmaslik va ilmiy bashorat etilmasligi, ijtimoiy hayot talablaridan chetga chiqishlarni avvaldan aniqlashga chora ko'rmaslik va qarshi kurash olib bormaslik uyushgan jinoyatchilikka yo'l ochadi. Ta'kidlash joizki, jinoyatchilik jamiyatda yuzaga keladigan salbiy ijtimoiy holatdir, shu bois, uning o'ziga xos jihati, qonuniyatlari, shakllanish mantig'i mavjud. Jinoyatchilikka qarshi o'z vaqtida kurash olib borilmas ekan, u o'zini keltirib chiqargan sharoitga, jumladan iqtisodiyotga, ijtimoiy vaziyatlarga, siyosatga, jamiyatning ma'naviy yashash tarziga moslashadi, eng xavflisi, jinoyatchilik ijtimoiy chekinishlarga ta'sir etadi va ularning yanada kengayishiga imkon beradi. Uyushgan jinoyatchilik jinoyatchilikning ijtimoiy sharoitdagi nomaqbul vaziyatlar bilan o'zaro bog'lanish oqibatidir. Ushbu holat uyushgan jinoyatchilikni atroflicha tahlil etish uchun olib boriladigan tadqiqot ishlarida e'tiborga olinishni taqozo etadi. Avvalgi boblarda ko'rib chiqilganidek, mulk bilan bog'liq muno- sabatlarda yuzaga keladigan ayrim holatlar, jumladan mulk bilan bog'liq masalalarning yetarlicha hal etilmaganligi, davlat mulkini tasarruf qilishda beriladigan vakolatlarning aniq belgilanmaganligi (masalan, davlat vakolatlari va mulkka egalik qiluvchi turli yuridik shaxslar faoliyatida) kabilar ham uyushgan jinoyatchilikning shakllanishiga ta'sir etadi. Uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishi bilan bog'liq yana bir holat, moliya va aholining pul daromadlari hamda shunga yarasha tovar mahsulot- larining o'zaro muvofiqlashtirilmaganligi, tovar va xizmat ko'rsatish sohalarida pul taqchilligining yuzaga kelishi va avj olishi; bir xil bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish va tijorat sohalarida haq to'lashdagi farqning mavjudligidir. Umuman olganda, uyushgan jinoyatchilikning yuzaga kelishida ijtimoiy yo'nalishdagi salbiy omillar alohida o'rin tutadi. Bular ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish o'rtasidagi farqning yuzaga kelishi, daromadlarning taqsim- lanishida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarning yuzaga kelishi va buning oqibatida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, yetarlicha va kam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.72 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.72 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga