Uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish masalalari Reja: Uzoq muddatli mahrum qilish jazosini ijro etish masalalari Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish masalalari Uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish shartlari va tartibi. Uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan mahkumlarni saqlash sharoitlari. Uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini jazosiga hukm qilingan shaxslarning huquqiy holatlari. Uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini hukm etilgan mahkumlarni avf etish to'g'risida iltimosnoma berishi va bu iltimosnoma ko'rib chiqilgunga qadar uning huquqiy holati. Uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish asosi va tartibi. Demokratiya va insonparvarlik tamoyillariga intilayotgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida o'lim jazosini bekor qilish to'g'risidagi savol eng muhim masalalardan hisoblanadi. Ma'lumki, inson hayoti qadrliligi o'sib borishi natijasida hozirgi kunda o'lim jazosi tarafdorlari soni kamaymoqda. O'lim jazosi jinoyatchilikni to'xtatishi va jamiyat o'rnatgan tartib-qoidalarni mustahkamlashiga yordam bermasligini hayotning o'zi ko'rsatmoqda. JIK 136-moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash tartibi belgilab qo'yilgan bo'lib, unga ko'ra, umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega bo'lgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga ko'pi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga ko'ra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o'taydilar. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki o'n yilini qattiq saqlash sharoitlarida o'taydilar. Jazoning kamida o'n yilini o'tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga o'tkazilishlari mumkin. Jazoning kamida o'n besh yilini o'tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga o'tkazilishlari mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi-beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan rag'batlantirish choralari qo'llaniladi. Jazoni o'tashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda o'tkazilgan mahkumlarga nisbatan rag'batlantirish tartibida qo'shimcha uchrashish yoki telefon orqali so'zlashish imkoniyati ham berilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qo'llaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda: yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.27 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.27 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx