Reja: 1.Vakillik tushunchasi 2.Vakolat va uning turlari 3. Ishonchnoma Vakillik tushunchasi Vakillik deb bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan yuridik harakat-larni amalga oshirishiga aytiladi. Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o'zgartiradi va bekor qiladi (FK, 129-modda). Vakillikning mohiyati shundaki, bunga asoslanib tuzilgan bitimlar faqat vakolat beruvchi uchungina muayyan huquq va majburiyatlarni tug'-diradi, o'zgartiradi va bekor qiladi. Vakilning shaxsan o'zi esa, bitimlar yuzasidan hech qanday huquq va majburiyatlar olmaydi. Kishining shaxsi bilan bog'liq bo'lgan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan bitimlarni vakil orqali tuzishga yo'l qo'yilmaydi. Masalan, nikoh shartnomasiga kirishish alimentlarni undirish yoki to'lash bilan bog'liq majburiyatlar. Vakillik orqali huquq layoqatini amalga oshirish, ya'ni huquqlar olish va majburiyatlarni bajarish mumkin bo'lmaganligi sababli vakillarning xizmatiga fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham muhtoj bo'ladilar. Chunonchi, fuqaro o'ziga qarashli uy-joyni vakil orqali boshqarish yoki sotishi, tashkilotlar esa, vakillar orqali bir-birlari bilan har xil shartnomalar tuzishlari mumkin. Muomalaga layoqatli fuqarolargina vakil bo'lishlari, vakillik qilish-lari mumkin. Istisno sifatida ayrim hollarda o'n olti yoshga to'lib, pasport olgan fuqaro ham vakil bo'lishi mumkin. Fuqarolarning faqat bir-birlari uchungina emas, ba'zi hollarda tashkilotlar uchun ham vakil bo'lishlariga qonun yo'l qo'yadi. Masalan, savdo va ta'minot bo'limlarining agentlari, mahsulot tayyorlovchi vakil va boshqa xodimlar tashkilotlarning vakillari sifatida ish bajaradilar. Yuridik shaxs faqat o'z ustavida nazarda tutilgan hollarda yoki o'z faoliyatining xarakteriga muvofiq bo'lgandagina fuqarolarning vakil yoki boshqa yuridik shaxs vakili sifatida harakat qilishi mumkin. tashkilotlarning mulkiy huquqlarini, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini qo'riqlash maqsadida qonun kimlarning vakil sifatida harakat qila olmasligini belgilaydi. Jumladan, tashkilotning bosh buxgalteriga o'zi ishlab turgan tashkilot uchun bankdan va moliya organlaridan naqd pul, shuningdek, boshqa tovar, moddiy boyliklar olishga yo'l qo'yilmaydi. Savdo korxonalari va boshqa tashkilotlar o'zlaridan olingan vakolatnomalar yuzasidan hisobot bermagan mansabdor shaxslarni tovar va boshqa ashyolarni olish uchun vakil qila olamaydi. Sudda: voyaga yetmagan shaxslar, vasiylik va homiylik ostidagi shaxslar fuqarolarning vakillari sifatida qatnasha olmaydilar. Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar qonuniy vakil sifatida (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) shuningdek, tegishli sud yoki prokuraturaning vakili sifatida qatnashish hollaridan tashqari, sudda vakil bo'la olmaydilar (FPK, 51-modda). Vakolat beruvchi har qanday shaxs muomalaga layoqatli va muomalaga layoqatsiz fuqarolar ham, shuningdek, yuridik shaxslar ham bo'lishi mumkin. Vakolat va uning turlari Vakil o'zida bo'lgan vakolatga binoan o'zini vakil qiluvchiga nisbatan muayyan huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o'zgartiradi va bekor qiladi. Binobarin, vakolat deb vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:17:02
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.28 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:17 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.28 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc