Vasiyat bo'yicha vorislik Reja: 1. Vasiyat bo'yicha vorislik tushunchasi. 2. Vasiyatnomaning shakllari. 3. Notarial tasdiklangan vasiyatnoma. O'zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni ( Konstituttsiyasi) ning 54-modasi fuqarolarga uzining mulkiga o'z xoxishicha egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishni erkin amalga oshirish huquqini beradi. Bu xkuk xar bir fuqaroga uziga tegishli bo'lgan shaxsiy va xususiy mulkini, mulkka bo'lgan huquq va majburiyatlarini o'zi vafot etganidan sung tasarruf etish bo'yicha xoxish-irodasini ifoda etadigan farmoyish koldirishni erkin tarzda amalga oshirishga imkon beradi. Bunday farmoyish vasiyatnoma deb ataladi. Vasiyatnoma o'ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, vasiyatnoma vasiyat koldiruvchining shaxsi bilan bevosita bog'liq. Vasiyatnoma fuqaroning shaxsiy farmoyishi hisoblanib, shaxsan vasiyat koldiruvchi tomonidan tuzilishi kerak. boshqa shaxslar tomonidan ishonchnomaga asosan yoki vakil orqali, xatto qonuniy vakillar tomonidan xam vasiyatnoma tuzilishiga yul kuyilmaydi. Ikkinchidan, vasiyatnoma bir tomonlama bitim hisoblanadi va FKning bitimlar to'g'risidagi qoidalariga tula buyunadi. Uchinchidan, o'z erki bilan o'z mulkini vasiyat qilib koldirish huquqi - vasiyat qilish erkinligi fakatgina tula muomala layokatiga ega bo'lgan fuqarolarga berilgan. Muomalaga layokatsiz deb topilgan shaxslar uzlarining mol-mulklarini vasiyat qilib koldirolmaydilar. Vasiyat koldiruvchining muomala layokati vasiyatnoma tuzilgan vaqt bilan belgilanadi. Vasiyatnomaning haqiqiyligi xam uning tuzilgan vaqtida aniklanadi. Turtinchidan, vasiyatnoma, albatta, qonunda belgilangan shaklda va tartibda tuzilishi va fakat qonun bilan huquq berilgan mansabdor shaxslar tomonidan guvoxlantirilgan bo'lishi shart. Vasiyat koldiruvchi fakatgina uziga tegishli bo'lgan mulkni vasiyatnomaga kiritishi mumkin. Shuning bilan birga, uziga tegishli bo'lgan mulkiy huquq va majburiyatlarni, meros ochilish paytida unga tegishli bo'lgan yoki tegishli bo'lish ehtimoli bo'lgan mulkiy huquq va majburiyatlarni xam vasiyat qilishi mumkin. «Vasiyatnomani tasdiklab berishda, -- deyiladi «Notarial to'g'risida»gi qonunning 45-moddasida, -- vasiyat qiluvchidan uning vasiyat kilinayotgan mol-mulkka bo'lgan huquqini tasdiklovchi dalillarni takdim etish talab klinmaydi». Chunki vasiyatnomada ko'rsatilgan mulk yoki unga bo'lgan huquq va majburiyat vasiyat kilinayotgan paytda vasiyat koldiruvchiga tegishli bo'lmagan bo'lishi, lekin keyinchalik unga tegishli bo'lish ehtimolini hisobga olib, ko'rsatilgan mol-mulk yoki unga bo'lgan huquq meros ochilgan paytga kelib unga utsa, vasiyatnomadagi farmoyish haqiqiy hisoblanadi. Meros koldiruvchi Fkning 1120-moddasiga asosan fuqaro uzining qonun bilan man etilmagan xar qanday mol-mulkini va mulkka bo'lgan huquq va majburiyatlarning barchasini yoki uning muayyan bir kisimni, shu jumladan, uy-ruzgor buyumlari va jihozlarini xam vasiyat qilib koldirishga xakli. Agar vasiyat koldiruvchi vasiyatnomada uzining barcha mulkini vasiyat qilish haqida farmoyish bergan bulsa, uning xamma mulki, shu jumladan, uy-ruzgor buyumlari va jihozlari xam vasiyat bo'yicha merosxurlarga utadi. Vasiyatnomada mol-mulkning bir kismi vasiyat qilingan taqdirda, uning kolgan kisim qonun bo'yicha vorislarga utadi. Bundavy holda vasiyat koldiruvchi uy-ruzgor buyumlari va jihozlari haqida , aolxida, ularning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.45 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.45 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc