Vasiylik va homiylik. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish Reja: Vasiylik va homiylik tushunchasi, uning maqsadi Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish Bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) tushunchasi va uning tartibga solinishi Bolalarni oilaga tarbiyaga olish tartibi Vasiylik va homiylik tushunchasi uning maqsadi. Bolalarga nisbatan vasiylik va homiylikning hozirgi holati va rivojlanishi. Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) tushunchasi va uning tartibga solinishi. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish tartibi. Vasiylik va homiylik tushunchasi, uning maqsadi Vasiylik va homiylik fuqarolik va oila huquqida alohida o'rin egallaydi. O'zbekiston Respublikasining Vasiylik va homiylik to'g'risidagi Qonunining 3-moddasida ko'rsatilishicha, vasiylik o'n to'rt yoshga to'lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Homiylik esa o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli hisoblanadi. Shuningdek, sog'lig'ining holatiga ko'ra mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o'z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga, bu shaxslarning iltimosiga ko'ra, homiylik belgilanishi mumkin. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslar toifasiga alohida g'amxo'rlikka, shuningdek, o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo'lgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan va ota-ona bo'lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog'lig'iga bevosita tahdid tug'dirayotgan yoki ularning ta'minoti, tarbiya va ta'lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar kiradi. Vasiylik yoki homiylik yetim bolalarga va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi: -ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda; -ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda; -ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda; -ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda; -ota-onasi yashash joyida vaqtincha bo'lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo'lsa; -ota-onasi yashash joyida olti oydan kam bo'lmagan muddatga vaqtincha bo'lmaganda, agar bola ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.58 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.58 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc