Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni o'tash burchlari Reja: Harbiy xizmatni o'tash burchi. Muddatli harbiy xizmat. Muqobil xizmat. Harbiy xizmatni o'tash burchi. O'zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning Konstitutsiyada belgilangan asosiy burchidir. O'zbekiston Respublikasini o'zining Vatani deb hisoblagan har bir inson uni himoya qilishi nihoyatda zarur va muqaddas tabiiy talabdir. Mazkur burchning mazmuni: Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini himoya qilish; Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasini hududiy yaxlitligini himoya qilish; Uchinchidan, Respublikaning barcha sohalar bo'yicha manfaatlarini himoya qilishni; To'rtinchidan, O'zbekiston aholisining tinch va osoyishta, xavfsiz va farovon hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy, harbiy, tadbirlarida faol qatnashish kabi talablarni o'z ichiga oladi. Vatanni himoya qilishdan maqsad O'zbekiston Respublikasiga qarshi chetdan qilinadigan xujumning oldini olish va har qanday tajovuz qilingan sharoitda qurolli kuchlar yordamida himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Vatanni himoya qilish burchining mazmun va mouiyati O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va unga asoslanib qabul qilingan «Mudofaa to'g'risida»gi qonundan kelib chiqadi. «Mudofaa to'g'risida»gi qonun: -O'zbekiston Respublikasi mudofaasi asoslarini; -mudofaani tashkil etish qoidalarini; -Mudofaa to'g'risidagi qonunlarni; -Mudofaabo'yicha Oliy Majlis vakolatlarini; -Mudofaa bo'yicha Prezident vakolatlarini; -Mudofaa bo'yicha Vazirlik va idoralarning vakolatlarini; -Mahalliy hokimiyat va ijroiya organlarining vakolatlarini; -Qurolli Kuchlar haqidagi qoidalarni; -Urush holati; -Harbiy holat; -Safarbarlik; -hududiy mudofaa; -Fuqaro va mansabdor shaxslarning mudofaa to'g'risidagi qonunlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik tartiblarini belgilab beradi. Fuqarolarning bu asosiy burchi boshqa davlatlarning doimiy yoki vaqtincha O'zbekistonda yashab turgan fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan insonlarga taalluqli emas. Chunki ular O'zbekiston Respublikasida harbiy xizmatga yoki harbiy tayyorgarlikka jalb qilinmaydi. Vatanni himoya qilish burchini bajarmaslik O'zbekiston qonunlariga muvofiq huquqiy javobgarlikka asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasida Vatanga xoinlik qilish, 158-moddada O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, 159-moddada O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, 161-moddada qo'poruvchilik, 162-moddada davlat sirlarini oshkor qilish O'zbekiston davlatiga qarshi qaratilgan og'ir jinoyatlar ekanligi belgilangan. Harbiy xizmatni o'tash burchi Harbiy xizmatni o'tash har bir O'zbekiston fuqarosining muqaddas burchidir. bu burchning mazmuni «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi, hamda «Muqobil xizmat to'g'risida»gi O'zbekiston qonunlarida aniq belgilangan. Umumiy harbiy xizmatni o'tash burchi: Birinchidan, o'z Vatanini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan o'tish; Ikkinchidan, O'zbekiston qurolli kuchlarini harbiy xizmatchilar bilan ta'minlash va harbiy xizmatchilar zahirasini yaratish; Uchinchidan, fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlash; To'rtinchidan, chaqiruv uchastkalarida qayd etilish, zahirada xizmat qilish; Beshinchidan, harbiy ro'yxatdan o'tish qoidalariga rioya qilish. Oltinchidan, umumiy harbiy ta'lim olishni o'z ichiga oladi. Harbiy xizmat O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarida umumiy harbiy majburiyatni bajarishlari hamda bitimga binoan xizmat qilishlari borasidagi davlat xizmatining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.28 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.28 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc