Vijdon va e'tiqod erkinligi

Vijdon va e'tiqod erkinligi

O'quvchilarga / Huquq
Vijdon va e'tiqod erkinligi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI FALSAFA fanidan MUSTAQIL ISH Vijdon va e'tiqod erkinligi Reja: Kirish 1. O'zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar. 2. Vijdon va diniy e'tiqod erkinligining mazmun va mohiyati. 3. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida gi qonunning yangi tahriri. 4. Dinning jamiyat hayotida tutgan o'rni. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish O'zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardan diniy sohaga o'zbek xalqining milliy ma'naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e'tibor qaratildi. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilib, 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2241 ta diniy tashkilot, shu jumladan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O'zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, 9 ta o'rta maxsus islom bilim yurti faoliyat olib bormoqda. Muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent shahrida O'zbekistondagi islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etilish yuqoridagi ezgu maqsadlarga, shuningdek, ma'naviyatimizni yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, o'zaro ahillik va totuvlikning kuchayishiga xizmat qilishi ta'kidlandi. Vijdon va din erkinligini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi olib borayotgan siyosatining ustuvor vazifalaridan sanaladi. Shu bois, so'nggi yillarda Respublikamizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli demokratik islohotlar olib borilmoqda. Bu borada vijdon erkinligining huquqiy asoslarini mustahkamlash, qonunchilikni inson huquqlariga oid xalqaro andozalar asosida takomillashtirish ham Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng dolzarb vazifalaridan biri deb qaralmoqda. Xususan, 2021-yilda 5-iyulda davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan taqdim etilgan Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunni imzoladi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunda diniy sohadagi qonun hujjatlarida qo'llaniladigan asosiy tushunchalarga ta'rif berildi. Bu orqali oldingi qonunda mavjud bo'lgan mavhum tushunchalardan voz kechildi. Shuningdek, diniy tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, ularni ta'minlanishining kafolatlari, shu jumladan, yuqori turuvchi organ yoki sudga mansabdor shaxslarning diniy tashkilotlarning huquq va erkinliklarini buzuvchi qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bo'yicha ular sudga murojaat qilganda, davlat bojini to'lashdan ozod etilishi mustahkamlab qo'yildi. Bu esa diniy tashkilot va davlat organlari o'rtasidagi munosabatlar shaffofligiga xizmat qiladi. O'z navbatida, diniy tashkilotlarga nisbatan kuzatilishi mumkin bo'lgan turli noqonuniy xatti-harakatlarning oldini oladi. Ilgari diniy tashkilot rahbarligiga nomzod xorijiy davlat fuqarosi bo'lsa, bu shaxsning rahbar bo'lish imkoniyati cheklanardi. Ya'ni oldingi qonunning 8-moddasida Diniy tashkilotlar rahbarligiga O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lmagan shaxslarning nomzodi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita bilan kelishib olinadi degan jumla asosida muayyan cheklovlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.46 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.46 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga