Viloyat prokuraturalari tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish Reja: Viloyat prokuraturasi tomonidan ijro etilishi talab qilinadigan hamda axborot-uslubiy xususiyatdagi hujjatlarni tayyorlash va joylarga yuborish Viloyat prokuraturalari tomonidan quyi prokuraturalar faoliyatini joyiga chiqib tekshirish va ularga amaliy yordam ko'rsatish. Viloyat prokurorining tashkiliy-boshqaruv yo'nalishidagi hujjatlari. Viloyat prokuraturalari tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish hamda ularning qabulini tashkil etish Viloyat prokuraturalari tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini (arizalar, takliflar, shikoyatlar), shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Devoni, Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili, Inson huquqlari bo'yicha milliy Markaz, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Respublika boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalari, O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan xalqaro tashkilotlar, jamg'armalar hamda xorijiy davlatlar vakolatxonalari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi va murojaat etuvchilar qabul qilinishini tashkil etish amaldagi qonun hujjatlariga, Bosh prokurorning buyruq va ko'rsatmalari hamda O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi to'g'risidagi Yo'riqnomaga muvofiq belgilanadi. Viloyat prokurorining o'rinbosarlari, bo'limlar va boshqa tarkibi tarmoq boshliqlari murojaatlarni to'liq, o'z vaqtida hamda malakali tarzda ko'rib chiqilishini taminlovchi chora-tadbirlarni ko'radilar. Murojaatlar bir tarmoqdan boshqasiga tegishli tarmoq boshlig'ining asoslantirilgan bildirgisi va viloyat prokurorining o'rinbosarini roziligi asosida o'tkaziladi. Agar murojaat nazoratga olingan bo'lsa, bu haqda fuqarolar murojaatlari va xatlar tarmog'i hamda tashkiliy-nazorat va tahlilot bo'limi albatta xabardor qilinadi. Murojaatda bir necha tarmoqlarning vakolat doirasiga taalluqli masalalar bo'lsa, ijrochilar orasida nomi birinchi bo'lib qayd etilgan tarmoq rahbari masul hisoblanadi. Masul rahbar murojaatning nusxalarini boshqa ijrochilarga topshirilishi, zarur hollarda muddatlarning uzaytirilishi, tekshirish bo'yicha yagona topshiriq tayyorlanishi va boshqa ijrochilardan murojaatga taalluqli hujjatlarning nusxalarini olib, dastlabki, oraliq va mohiyatan asoslantirilgan yakuniy javoblar yuborilishini ta'minlaydi. Hal etilishi viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan murojaatlar bo'yicha muallifga javoblar faqat viloyat prokuroriga axborot berilganidan keyingina yuboriladi. Hal etilishi viloyat prokurorining o'rinbosarlari tomonidan nazoratga olingan murojaatlar ham xuddi shu tartibda hal etiladi. Fuqarolar va yuridik shaxslar yoki ularning vakillarini kabul qilish fuqarolar murojaatlari va xatlar tarmog'i tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat prokurori qabuliga viloyat prokurori o'rinbosarlarining qarorlaridan norozi bo'lgan fuqarolar kiritiladi. Viloyat prokurorining o'rinbosarlari tomonidan prokuratura tarkibiy tarmoqlari hamda tuman-shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning qarorlaridan norozi bo'lib murojaat qilgan fuqarolar qabul qilinadi. Fuqarolarning murojaatlari va xatlar tarmog'i prokuratura rahbariyati qabuliga kelgan fuqaro(vakil)ning avvalgi murojaati bo'yicha to'plangan hujjatlarni o'rganib, axborot beradi. Tarkibiy tarmoqlarning boshliqlari shu tarmoqqa taalluqli masala yuzasidan kelgan fuqarolarni qabul qiladilar. Viloyat prokuraturasi tomonidan ijro etilishi talab qilinadigan hamda axborot-uslubiy xususiyatdagi hujjatlarni tayyorlash va joylarga yuborish Viloyat prokuraturalari tomonidan quyi prokuratura organlariga ijro ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.61 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.61 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc