Vizantiya davlati va huquqi

Vizantiya davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Vizantiya davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

VIZANTIYA DAVLATI VA HUQUQI (V - XV asrlar) Reja: Vizantiya davlatining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari. Sharqiy Rim imperiyasining ijtimoiy tuzumi. Vizantiyaning davlat tuzumi. Vizantiyada huquqning asosiy belgilari. 1. Vizantiya davlatining tashkil topishi va taraqqiyot bosqichlari Vizantiya davlati IV asrning oxirida Rim imperiyasidan uning sharqiy qismining ajralib chiqishi natijasida tashkil topdi va ming yildan ortiq, ya'ni 1453 yilda uning poytaxti - Konstantinopol turklar tomonidan bosib olungunga qadar yashadi. G'arbiy Rim imperiyasi German qabilalari tomonidan istilo qilingan-dan keyin ham Rim imperiyasining Sharqiy qismi yana uzoq vaqt hukm surdi. U, hatto, o'zini rasmiy suratda Rim (Romeya) imperiyasi deb atay-verdi. «Rim imperiyasi» degan nom bora-bora yo'qolib, «Vizantiya impe-riyasi» degan nom bilan yuritila boshladi (imperiyaning poytaxti qadimgi vaqtda Vizantiya deb atalgan bo'lib, 330 yilda Konstantin Buyuk unga Konstantinopol deb nom bergan edi). Ba'zi olimlar xuddi shu yilni Vizan-tiya imperiyasiga asos solingan yil deb hisoblaydilar. Lekin tarixchilarning ko'pchiligi Vizantiya imperiyasi 395 yilda, ya'ni Feodosiy I o'lgach, im-periya uning o'g'illari o'rtasida taqsimlanib, sharqiy yarmi Konstantinopol shahri bilan birga Arkadiyga o'tgan vaqtda tuzilgan deb hisoblaydi. Bol-qon yarim orolidan va Egey dengizidagi ko'pdan-ko'p orollardan tashqari, Vizantiya imperiyasiga yana Kichik Osiyo, Suriya bilan Falastin, Misr, Mesopatamiya bilan Kavkazortining bir qismi, Qrimning janubiy qirg'oq-lari kirar edi. Vizantiya davlatining rivojlanishini quyidagi uch bosqichga bo'lish mumkin: Birinchi bosqich (IV asr oxiri - VII asrning o'rtasi) quldorchilik tu-zumining yemirilishi va uning o'rnida ilk feodal munosabatlarga asoslan-gan Vizantiya jamiyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda davlat markazlashgan monarxiya shaklida bo'lib, unda harbiy-byurokratik apparat taraqqiy etgan edi, lekin imperator hokimiyati biroz cheklanardi. Ikkinchi bosqich (VII asr oxiri - XII asr oxiri) feodal tartiblarning shakllanishi davri bo'lgan. Bu davrda davlat o'ziga xos cheklanmagan monarxiya shaklida bo'lib, imperator hokimiyati o'zining eng yuqori darajasiga erishdi. Uchinchi bosqich XII-XV asrlarga to'g'ri kelib, bu davrda jamiyat-ning feodallashish jarayonining kuchayishi natijasida Vizantiyada siyosiy inqiroz chuqurlashdi, turklarning harbiy agressiyasi kuchaydi. Bu bosqich Vizantiya davlatining birdaniga zaiflashuvi va XII-XIV asrlarda amalda tushkunlikka yuz tutishi va oqibatda XV asrda qulashi bilan tavsiflanadi. Vizantiya Janubiy va Sharqiy Yevropamamlakatlari, shuningdek, Kavkaz orti xalqlarining siyosiy rivojlanishiga muhim ta'sir o'tkazgan. U uzoq vaqt antik davlatchilik va huquqiy merosining saqlovchisi va davom ettiruvchisi bo'lib turgan. O'rta asrlardagi Bolgariya, Serbiya, Kiyev Rusi va Gruziya davlatlari tomonidan Vizantiya davlatining keng madaniy me-rosining qabul qilinishi ularning progressiv rivojlanishiga ko'mak bergan. 2. Sharqiy Rim imperiyasining ijtimoiy tuzumi Vizantiya o'rta asrlar jamiyati rivojlanishining o'ziga xos xususiyat-lari uning daslabki bosqichidayoq ko'zga yaqqol tashlanadi. Quldorchilik tartiblarining yemirilish jarayoni Vizantiyada juda sekinlik bilan yuz ber-gan. Tovar-pul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.66 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 72.66 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga