Reja: Meros va vorislik tushunchalari Vorislik asoslari Merosning ochilishi va vorislik huquqini amalga oshirish. Meros huquqining subyektlari. Noloyiq merosxo'rlarni merosdan chetlashtirish Vasiyat bo'yicha vorislik tushunchasi Vasiyatnomaning shakllari Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar Vasiyatnomani o'zgartirish, bekor qilish Vasiyatnomaning haqiqiy emas deb topilishi Vasiyatnomani ijro etish Vasiyat majburiyati Qonun bo'yicha vorislik tushunchasi Vorislikka chaqirish navbatlari Merosdan majburiy hissa olish huquqi Meros va vorislik tushunchalari. Xalq o'rtasida meros deganda, vafot etgan shaxsdan qolgan mol-mulk tushuniladi. Xususiy mulkning mazmuni kengayishi bilan meros huquqining mundarijasi takomillashadi va kengayadi. Hayotda har bir shaxs boshqa bir shaxslar bilan har xil munosabatlarda bo'ladi. Bu munosabatlar, albatta, shaxsning erkin irodasi bilan vujudga keladi. Vaqt o'tishi bilan bir munosabat bekor bo'ladi, ikkinchi bir munosabat vujudga keladi. Munosabatning barchasi shaxsiy yoki mulkiy munosabatlar bo'lib, malum bir qoidalar bilan tartibga solinadi. Munosabatda turgan har bir shaxs muayyan bir huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Bunday huquq va majburiyat, qoida tariqasida, shaxs vafot etgandan so'ng ham o'z kuchini saqlab qoladi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning vafot etishi bunday huquq va majburiyatlarning bekor bo'lishiga olib kelmaydi. Masalan, kredit muassasalariga qo'yilgan mablag', uni qo'ygan shaxs vafot etganda ham bank omonatni berish majburiyatidan ozod bo'lmaydi. Majburiyat davom etadi, ammo talab qilish huquqi boshqa shaxslarga o'tadi. Fuqaro vafot etgandan keyin ham uning barcha huquqi va majburiyatlari o'z kuchini saqlab qolmaydi, ayrimlari bekor bo'ladi. Vafot etgan shaxsning hayotligida boshqa shaxsga o'tishi mumkin bo'lgan uning huquq va majburiyatlari meros tariqasida vorislarga o'tadi. Shunday qilib, shaxsning hayotligida boshqa shaxslarga o'tishi mumkin bo'lgan uning har qanday huquq va majburiyatlari meros hisoblanadi va vorislik huquqi asosida merosxo'rlarga o'tadi. Aniqroq qilib aytganda, vafot etgan shaxsga tegishli bo'lgan mulk - uy-joy, avtomashina va boshqa mol-mulklar emas, balki shu mol-mulkka nisbatan bo'lgan mulk huquqi meros tariqasida o'tadi. Vafot etganning shaxsi bilan bog'liq bo'lgan huquq va majburiyatlar meros sifatida boshqalarga o'tmaydi. Masalan, ijtimoiy ta'minot va mehnat qonunlari asosida shaxsning oladigan nafaqa, pensiya va boshqa to'lovlariga bo'lgan huquqlari, fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda vujudga keladigan shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari. Har bir shaxs o'z mulkining vafot etganidan so'ngi taqdirini oldindan, hayotligida belgilab qo'yishi mumkin. Demak, meros deganda, vafot etgan shaxsning mol-mulki, mulkka bo'lgan huquqi, boshqalardan talab qilish huquqi, boshqalar oldidagi majburiyatlari va qarzlarini tushunish kerak. Shunday qilib, meros-bu fuqarolarning hayotligida boshqa shaxslarga o'tishi mumkin bo'lgan uning huquq va majburiyatlari yig'indisidan iborat. Meros huquqi, fuqarolarning xususiy mulk huquqi bilan chambarchas bog'langan va fuqarolik huquq tarmog'ining huquq tarmoqchalaridan hisoblanadi. Mulk munosabatlari kabi meros va vorislik munosabatlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
91.37 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
91.37 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: docx