Vorislik huquqi

Vorislik huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Vorislik huquqi - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: VORISLIK HUQUQI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI MAVZUNING REJASI: Sivil vorisligi Universal va singulyar meros (vorislik) Pretor huquqiga binoan merosxо'rlik Vasiyatnoma Zaruriy merosxо'rlik Merosni qabul qilish MAVZUNING MAQSAD VA VAZIFASI Vorislik huquqi qadimgi davrda ham boshqa davrlarda ham dolzarb hisoblangan. Shuning uchun ham men bu mavzuni o'rgandim. Tarixiy shaxslarning fikrlarini o'rganib, aniq tarzda talabalarga yetkazishni va umumiy xulosa berishni o'z oldimga maqsad qilib oldim. 36-modda. Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi. Qadimgi Rim quldorchilik davlatida vorislik deb, vafot etgan shaxs (marhum shaxs), (meros qoldiruvchi) o'ziga tegishli bo'lgan mulkning fuqarolik qonunlariga, yoki odat normalariga asoslangan holda bir yoki bir nechta shaxalarga merosxo'rlarga o'tkazilishiga aytilgan. Har bir shaxsning о'zining vafoti munosabati bilan mol-mulkini tasarruf etish bо'yicha bergan bir tomonlama, fuqaroviy huquqqa asoslangan rasmiy farmoyishi vasiyatnoma deyilgan. Qadimgi Rim quldorchilik davlatida meros deganda olamda o'tmoqchi bo'lgan shaxs o'z mol - mulkini bir yoki bir necha shaxslarga bo'lib berish uchun farmoyish berishiga aytilgan ASOSIY TUSHUNCHALAR XII JADVAL QONUNLARI BO'YICHA VORISLIK TURLARI QONUN BO'YICHA VORISLIK (SUCCESSIO LEGITIMA) VASIYAT BO'YICHA VORISLIK (SUCCESSIO TESTAMENTARIA) VORISLIK TURLARI XII jadval qonunlarida quyidagi ikki holat kо'rsatilgan: 1) vorislar marhumning barcha qarzlarini ham zimmalariga oladilar; 2) marhumga nisbatan paydo bо'lgan barcha talablarni ham vorislar (merosxо'rlar) barobar о'zaro taqsim qiladilar. VORISLIK TURLARI 1) universal vorislik - bunda merosxо'r (merosxо'rlar) vasiyatnomaga binoan hamma narsani - mavjud mol-mulkni ham, qarzni ham zimmasiga olgan 2) singulyar vorislik - yolg'iz (yakka) vorislik bо'lib, unda faqat vasiyatnomada kо'rsatilgan narsalargina qabul qilib olingan. Vasiyatda guvohlik Imperator huquqiga binoan, vasiyatnoma yetti kishining guvohligida tuzilishi lozim bо'lgan, meros qoldiruvchidan keyin guvohlarning hammasi yoki ular nomidan bittasi imzo chekkan. Ayol kishi guvohlikka о'ta olmagan. Sо'ngra bu hujjatga muhr bosilgan. Hujjatga merosxо'rning nomini meros qoldiruvchining о'zi yozishi talab qilingan. О'z-о'zidan ma'lumki, ruhiy bemorlar, balog'atga yetmaganlar, kо'r, kar va soqovlar guvohlikka о'tolmaganlar. Agar imzo chekkan guvohlarning birortasi keyinchalik qullikka tushib qolsa ham, uning imzosi о'z kuchini yо'qotmaydi. Publius Aelius Hadrianus Publiy Eliy Adrian (11 avgust 117 - 10 iyul 138) Imperator Adrian Pretor huquqiga binoan quyidagilar meros huquqini olishlari mumkin bо'lgan : marhumning bolalari, shu jumladan emansipatsiya qilinganlari (asrab olinganlari) ham. Ammo ular о'z mulklarini umumiy mulkka qо'shish sharti bilan olganlar; 2) marhumning eng yaqin merosxо'ri (qandaydir sabab bilan uzoqlashib yurgan bо'lsa ham); 3) marhumning boshqa barcha qarindoshlari (olti avlodgacha); 4) marhumning bevasi. VORISLIK HUQUQIY MUNOSABATLARI O'Z XARAKTERLI XUSUSIYATLARIGA QARAB BO'LINISHI SIVIL (FUQAROLIK) VORISLIK PRETOR HUQUQLARI BO'YICHA VORISLIK NAPOLEON BONAPART ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga