Vorislik to'g'risidagi umumiy qoidalar

Vorislik to'g'risidagi umumiy qoidalar

O'quvchilarga / Huquq
Vorislik to'g'risidagi umumiy qoidalar - rasmi

Material tavsifi

Vorislik to'g'risidagi umumiy qoidalar Reja: 1. Vorislik va meros tushunchalari. 2. Vorislik asoslari. 3. Merosning ochilishi va vorislik huquqini amalga oshirish. Vorislik huquqi fuqarolik huquqining ajralmas va yakunlovchi kismi hisoblanib, fuqarolarning xususiy mulk huquqi bilan chambarchas boglangan. O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 53-moddasida kursatib utilganidek, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida bo'lib, mulkdor fakat qonunda nazarda tutilgan xollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Mulk egasi mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega. Bu huquqdan u uzining hayotligida foydalanadi va o'zi vafot etgandan keyingi mulkning takdirini oldindan belgilashi mumkin. qonun xususiy mulk egasi sifatida fuqaroning erki va manfaatlarini xurmat qilib, uning xususiy mulkka bo'lgan huquqlarini muhofaza qiladi. Xususiy mulk egasi o'z mulkining takdirini o'zi vafot etgandan sung meros (vorislik) huquqi yordamida amalga oshiriladi. «Meros huquqi,- deyiladi O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 36-moddasida, qonun bilan kafolatlanadi». Vorislik huquqi fuqarolarning mulkiy huquq va manfaatlarini kuriklash bilan boglangan bo'lib, ularning o'z mulkiga nisbatan tasarruf etish huquqini xech qanday tusiksiz nafaqat uzining hayotligida shuningdek, vafot etgan taqdirda xam amalga oshirilishini qonun Bilan ta'minlaydi. Xususiy mulk egasi o'zi vafotidan keyin mulkining kimga utishi masalasini vorislik huquqi asosida hayotligida xal qiladi. Shuning bilan xususiy mulk huquqini mustahkamlash, mulkning kupayishi va rivojlanishini ta'minlash yo'li bilan merosxurlarning boyishiga va yashash sharoitlarining yaxshilanishiga kumaklashadi. O'zbekiston fuqarolari, ularning ijtimoiy ahvoli, mulkiy boyligi, millati va diniy e'tiqodi jinsi va turar joyi, utrokligi va xizmat vazifasidan katiy nazar, barchasi bab-baravar vorislik huquqidan foydalanadilar. «qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari, -- deyiladi FKning 209-moddasida, -- xar qanday mol-mulk xususiy mulk bo'lishi mumkin». Xususiy mulk egasi uzining xamma mol-mulkini, mulkka bo'lgan huquq va majburiyatlarini o'zi vafot etgandan keyin vorislik huquqiga asosan qonun bo'yicha yoki vasiyat bo'yicha vorislarga berishga xakli. Odatda xalq o'rtasida meros deganda, vafot etgan shaxs mol-mulkining uning karindoshlariga utishi tushuniladi. Meros to'g'risidagi bunday tushuncha juda xam yuzaki bo'lib, meros va vorislikning haqiqiy manosini ochib bermaydi. Meros huquqi (nasledstvennoe pravo) bilan vorislik huquqini (pravo nasledovaniya) bir-biri bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Meros huquqi vorislik huquqiga karaganda ancha keng mazmunga ega. Shuning uchun meros, merosxur, vorislik, meros koldiruvchi degan iboralarni yaxshilab tushunib olish kerak bo'ladi. Meros nima? Meros deganda biz fuqarolarning vafot etgan kunidan ularga tegishli bo'lgan huquq va majburiyatlar yig'indisini tushunamiz. Malumki, xar bir shaxs o'zi hayotlik davrida boshqa shaxslar bilan har xil munosabatlarda bo'ladi. Bu munosabatlar aksariyat xollarda shaxsning xoxish irodasi bilan vujudga keladi, ammo ayrim munosabatlar shaxsning xoxish irodasiga bog'liq bo'lmagan holda xam vujudga kelishi mumkin. Shu bilan birga, vaqt ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.58 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.58 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga