Voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligi va ularning oldini olish Reja: Voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligining umumiy holati, dinamikasi va sabablari Voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi Voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olishni tashkil etish Voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligining umumiy holati, dinamikasi va sabablari Jinoyatchilikka qarshi kurashning tarkibiy qismi bo'lgan voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik davlatning jinoiy-huquqiy yo'nalishdagi siyosatida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham bu muammoni davlat siyosati darajasida hal etishga alohida e'tibor qaratilgan. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olish to'g'ri ma'nodagi ijtimoiy-siyosiy muammodir. To'g'ri, O'zbekistonda voyaga yetmaganlar sodir etayotgan jinoyatlar umumiy miqdorda kamayishi kuzatilayotgan bo'lsa-da, barcha toifadagi jinoyatlarning umumiy miqdorida esa bu ko'rsatkich o'zgarmay qolayot- ganligini ko'rish mumkin. Demak, voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olish muammosi mavjud va ularning oldini olishda ilmiy- nazariy tadqiqotlar olib borish hamda amaliy jihatdan zarur profilaktik chora- tadbirlarni qo'llash bugungi kunning talabidir. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlar dinamikasining umumiy holatini tahlil etishda, birinchidan, voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning o'zaro bog'liqligiga, ikkinchidan, voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning kriminologiya nuqtai nazaridan tarkibiga, g'arazli maqsadlari nimalarga qaratilganligiga alohida e'tibor berish lozim. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning o'zaro bog'liqligi va har birini aniq ifodalash kriminologiyada katta ahamiyatga ega. Chunki voyaga yetmaganlar ( 14-17 yoshlilar) va yoshlar ( 18-29 yoshdagi shaxslar)ning ijtimoiy-ruhiy holatlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. O'z navbatida, har ikki guruhga mansub shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlili ham jinoyatchilikning umumiy «manzarasini» aniqlash va to'g'ri xulosa chiqarishga imkon beradi. Masalan, hozirgi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar jarayonida sodir etilayotgan barcha jinoyatlarning sal kam 57 % 14-29 yoshgacha bo'lgan shaxslar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Bu achinarli hol, albatta, biroq jinoyat olamining «yosharishi» nafaqat O'zbekistonda, balki jahon miqyosida yuzaga kelayotgan illat ekanligini ham nazardan chetda qoldir- maslik lozim. Shu o'rinda katta yoshdagi shaxslarning jinoyat sodir etish «tajribasi» yoshlar o'rtasida yoyilishini ham e'tiborga olish kerak. Zotan, bu muammoni yechishda kriminologiyada mavjud bo'lgan ilmiy tavsiyalar va nazariy xulosalarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Kriminologiya nuqtai nazaridan va nazariy jihatdan e'tirof etilishicha, voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlar umumiy jinoyatchilikning boshlanish bosqichidir. Yosh jihatidan boshqa turdagi jinoyatchilar shaxsiga xos xususiyatlarning mavjudligi alohida xavfli bo'lgan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini keltirib chiqaradi. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning katta yoshdagilar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarga nisbatan ta'sir doirasi jinoiy tajovuz yo'nalishining turlariga ko'ra o'zgarib turish xususiyatiga ega. Masalan, voyaga yetmaganlar qasddan sodir etadigan umumiy turdagi jinoyatlarning yoshlar va katta yoshdagi jinoyatchi shaxslar qasddan sodir ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.2 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.2 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc