Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi

O'quvchilarga / Huquq
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi - rasmi

Material tavsifi

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari Insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqib, O'zbekiston Respuplikasi Jinoyat kodeksi oltinchi bo'limi XV-XVI boblarida Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari»ni belgilangan. Bu boblarda voyaga yetmaganlarga nisbatan tayingilanadigan jazo tizimi, jazo tayinlash qoidalari, javobgarlikdan, jazodan ozod qilish hollari aks ettirilgan. Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinganida, davlat tomonidan ularning bu qilmishiga beriladigan jazoning kattalarga beriladigan jazoga nisbatan ancha yumshoqligi qadimgi quldorlik davlatlariga ham xos bo'lganligini Rim davlatining XII jadval qonunlarida ham uchratamiz. Amaliyot xodimlari va olimlar o'rtasida ko'p yillardan beri voyaga yetmaganlarning javobgarligini qonunda alohida ajratib ko'rsatilishi zarurligi to'g'risida turli fikrlar mavjud bo'lib, bu masala 1994-yil qabul qilingan Jinoyat kodeksida o'z aksini topdi. Voyaga yetmaganlarning javobgarligi xususida jinoyat huquqi fanida turli fikrlar bildirilgan bo'lib, aybdor shaxsning ahamiyati sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavfliligi darajasidan kam emasligi ta'kidlanadi. Jinoyat kodeksi 17-moddasi, 5-qismiga muvofiq o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga asosan va Jinoyat kodeksining oltinchi bo'limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 163 ta normasida voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Voyaga yetmagan shaxs deganda, Jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to'lgan, ammo 18 yoshga to'lmagan shaxs tushiniladi. Umumiy qoidaga muvofiq 16 yoshga to'lgan, aqli raso shaxslar jinoyat subyekti yoshiga yetgan hisoblanadilar. Ba'zi jinoyatlar uchun subyekt yoshi 14 yosh qilib belgilangan. Javobgarlikni og'irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirganlik jinoyati uchun subyekt yoshi 13 yosh belgilangan. 1989-yil BMTning Bosh assambleyasi tomonidan «Bolalar huquqlari to'g'risida»gi Konvensiya qabul qilingan bo'lib, u jinoiy yo'lga kirib qolgan bolalar va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator normalarni o'z ichiga oladi. Konvensiyaga muvofiq bolalar deganda, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar tushuniladi. Bu ta'rif O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi voyaga yetmaganlar tushunchasiga mos keladi. Konvensiya voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortishning minimal muddatini belgilaydi. 1985-yilda qabul qilingan BMTning Minimal standart qoidalarida voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda odil sudlovni amalga oshirishning qoidalari belgilangan. Shaxsning aqliy va jismoniy rivojlanganlik darajasi shuni anglatadiki, jinoyat subyekti yoshiga yetgan, lekin o'z qilmishining xususiyati va ijtimoiy xavfli oqibatini ruhiy jihatdan rivojlanmaganligi tufayli anglab yetmagan shaxs jinoyat subyektining zaruriy belgisiga ega bo'lmaydi. Bunday shaxsga nisbatan ma'muriy tartibdagi majburlov choralari qo'llaniladi. Skryabin M.A.ning fikriga ko'ra voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi quyidagi xususiyatlarga ega: 1) voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat qonunida nazarda tutilgan barcha jazo choralari qo'llanilmaydi; 2) voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud ularning voyaga yetmaganligini yengillashtiruvchi holat deb hisoblaydi; 3) voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga