Voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishning dolzarb vazifalari

Voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishning dolzarb vazifalari

O'quvchilarga / Huquq
Voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishning dolzarb vazifalari - rasmi

Material tavsifi

VOYAGA yetmaganLAR O'RTASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISHNING DOLZARB VAZIFALARI O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-233 - sonli Qarori VOYAGA yetmaganLAR KIMLAR? Voyaga yetmagan - o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxs; Voyaga yetmaganlar - amaldagi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra, 18 yoshga yetmagan fuqarolar. Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifasi - davlat burchi, fuqarolarning esa konstitutsiyaviy majburiyati hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar kabi voyaga yetmaganlarning bilim olish, mehnat qilish, dam olish, mulkdor bo'lish kabi huquqlari ta'minlangan (36-, 40-, 41-moddalar). Nazoratsiz - ota-ona yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmaganni ta'minlash, tarbiyalash va unga ta'lim berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida xulq-atvori nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan; Yakka tartibdagi profilaktika ishi - ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga yetmaganlar va oilalarni o'z vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyat; Qarovsiz - aniq yashash joyi bo'lmagan nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan; G'ayriijtimoiy xatti-harakatlar - voyaga yetmaganning muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste'mol qilishida, fohishalik, tilanchilik bilan shug'ullanishida ifodalanadigan xatti-harakatlari, shuningdek o'zga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzadigan boshqa xatti-harakatlari. O'zbekiston yoshlar o'rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida mustaqillik qo'lga kiritilganidan 3 oy o'tmasdan, quyidagi Qonun hujjatlari qabul qilindi 1991-yil 20-noyabrda O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risidagi Qonun qabul qilindi; 2016-yilga kelib O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risidagi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi; Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi, Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi Qonun; Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risidagi Qonunlar qabul qilindi; qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. tatistika JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH BO'YICHA kam ta'minlanganlik,ehtiyojmandlik, ishsizlikdan notinch va nosog'lom oilalarda ota-ona chet davlatga ketgan va yaqinlari qo'lida qarovsiz qolganlikdan Sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning aksariyati qonuniyl Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari qonuniylik insonparvarlik tizimlilik oilani qo'llab-quvvatlash va u bilan o'zaro hamkorlik qilish ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga yetmaganlarning tarbiyasiga yakka tartibda yondashish Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi - voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy, psixologik yordam ko'rsatish va boshqa chora-tadbirlar tizimi; ijtimoiy huquqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.06 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.06 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga