Voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati Reja: Voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati Voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining tushunchasi, vazifasi va ahamiyati. Voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati Har qanday davlatning kelajagi undagi yosh avlodning tarbiyasi, ta'lim olishi, salohiyati, sog'lig'i bilan bog'liqdir. Shu tufayli O'zbekistonda ham yosh barkamol avlodni tarbiya qilishga katta etibor berilmoqda. Yoshlarni sog'lom, barkamol bo'lib tarbiya olishlari, o'sib-ulg'ayishlariga sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan bir qancha qarorlar, Oliy Majlis tomonidan qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar albatta O'zbekistonda yosh barkamol avlodni tarbiyalash, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab quvvatlash, yordamga muhtoj yoshlarni davlat himoyasiga olishiga va ularni jamiyat uchun kerakli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan. Voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati voyaga yetmaganlarni ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilish, ularni tarbiyalash, ta'lim berish uchun masul bo'lgan organlar tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iboratdir. Ushbu sohada, yani voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratining predmeti bo'lib, vazirliklar, idoralar, davlat qo'mitalari, korxona, muassasa, tashkilotlar, hokimliklar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari tomonidan voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi, voyaga yetmaganlarni tarbiyasi, ularni ijtimoiy himoyasi bilan shug'ullanuvchi davlat idoralarining, shuningdek voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, profilaktika bilan shug'ullanuvchi davlat organlari, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarining rioya etilishi hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, prokuratura faoliyatining ushbu yo'nalishi O'zbekiston Respublikasining Prokuratura to'g'risidagi Qonunining 4- moddasida alohida yo'nalish sifatida ko'rsatilmagan bo'lsa ham amaliyotda quyidan tortib, yuqorigacha yani, tuman, shahar va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlaridan tortib, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasigacha ushbu masala yuzasidan alohida prokuratura xodimlari shug'ullanishadi. Voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyatini qanday tarzda amalga oshirilayotgani, hududdagi maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, litseylar, kollejlar, texnikumlar, o'rta-maxsus ta'lim o'quv yurtlarida voyaga yetmaganlarning O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan huquq va erkinliklariga rioya qilinishi, bolalar shifoxonalari, sport- sog'lomlashtirish maktablari, oromgohlarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat, voyaga yetmaganlarga taaluqli bo'lgan jinoyat ishlari yuzasidan alohida nazorat ishlarini yuritilishi, ularning jinoyat ishlari bo'yicha qonun talablari asosida ehtiyot chorasi qo'llash masalasi, ularni qonunlarda belgilangan huquqlari va imtiyozlariga dastlabki tergov va sud organlari tomonidan qay darajada amal qilinayotganligi, pedagog va psixologlardan foydalanilayotganligi, ularga taaluqli jinoyat ishlari bo'yicha barcha jinoyat ishlarida prokurorning ishtirokini to'liq ta'minlanishi, hokimiyatlar va tuman, shahar xalq ta'limi bo'limlari huzuridagi vasiylik va xomiylik organlari tomonidan o'zlariga yuklatilgan vazifalarni aniq va bir hilda, qonunda ko'rsatilgan muddat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.03 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.03 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc