Voyaga yetmaganlarning javobgarligi to'g'risidagi qoidalarni liberallashtirish

Voyaga yetmaganlarning javobgarligi to'g'risidagi qoidalarni liberallashtirish

O'quvchilarga / Huquq
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi to'g'risidagi qoidalarni liberallashtirish - rasmi

Material tavsifi

Voyaga yetmaganlarning javobgarligi to'g'risidagi qoidalarni liberallashtirish Demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo'lini tanlagan mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasi milliy qonunchiligimizda mustahkamlab qo'yilgan. Qonun ustuvorligini ta'minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yosh avlod huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Bu borada o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning o'ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asosiy yo'nalishlaridan birini tashkil qiladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasining Jinoyat qonuni ham alohida ahamiyat kasb etadi. Garchi amaldagi Jinoyat kodeksida, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi borasida muayyan qoidalar mustahkamlangan bo'lsa-da, u eng avvalo, jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni qonun tomonidan insonparvarlik, odillik, qonuniy tamoyillari orqali muhofaza qilinishini nazarda tutadi. Kelajak avlodni jinoiy xurujlardan himoya etishda, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda bu borada jinoyat qonunining ahamiyati shubhasizdir. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligiga ko'ra voyaga yetmaganlarning javobgarligi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jinoyat Kodeksi Umumiy qismi oltinchi bo'lim 85-90-moddalarida voyaga yetmaganlar javobgarligi mustahkamlangan. Kodeksning oltinchi bobi «Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari» deb nomlanib, «Jazo va uni tayinlash», «Javobgarlikdan va jazodan ozod qilish» deb nomlanuvchi boblardan iborat. Shuning bilan birga, voyaga yetmaganlarning javobgarligi borasida, ularga nisbatan jazo tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod etish borasidagi qoidalarni qo'llashda, yuqoridagilar bilan birgalikda, Jinoyat kodeksi umumiy qism qoidalariga amal qilinadi. Shu o'rinda takidlash kerakki, voyaga yetmaganlar javobgarlining liberallashtirishning dastlabki bosqichi, avvalo, 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksida birinchi marta alohida bo'limlarda mustahkamlanganligi bilan bog'liqdir. Malumki, voyaga yetmaganlar javobgarligini alohida bo'limga ajratilishining bir qator ijobiy tomonlari mavjud bo'lib, bu eng avvalo, jinoyat qonunining differentsiatsiya va individuallashtirish prinsipiga asoslanganligini yana bir bor tasdiqlaydi. Voyaga yetmaganlar javobgarligini alohida ajratmasdan, uni batafsil o'rganishning iloji bo'lmaydi. Jinoyat huquqida voyaga yetmaganlarning javobgarligini alohida belgilash zarurligi to'g'risida ko'p yillardan beri olimlar va amaliyot xodimlari o'rtasida fikrlar mavjud. Bu takliflar amaldagi Jinoyat kodeksida o'zining aksini topgan bo'lib, bugungi kunda voyaga yetmaganlar javobgarligining ko'pgina qirralari yuridik adabiyotlarda etarlicha o'rganilgan.1 Shuning uchun ushbu paragrafda faqat voyaga yetmaganlar javobgarligining o'ziga xos xususiyatlari va uni liberallashtirish masalalariga to'xtaldik. Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga alohida etibor qaratilishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorida ham, «voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni ko'rishda, ish bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama to'la va xolisona tekshirib chiqib, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini va sudlanuvchining shaxsini etiborga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.94 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.94 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga