Voyaga yetmaganlarning tarbiyasi va ularning huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar ijrosi

Voyaga yetmaganlarning tarbiyasi va ularning huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar ijrosi

O'quvchilarga / Huquq
Voyaga yetmaganlarning tarbiyasi va ularning huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar ijrosi - rasmi

Material tavsifi

Voyaga yetmaganlarning tarbiyasi va ularning huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar ijrosi Reja: Voyaga yetmaganlarning qarovsizligiga qarshi kurash bo'yicha qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atish va tergov qilish. Voyaga yetmaganlarga tegishli jinoyat ishlarini sudlarda ko'rilishi bo'yicha prokuror ishtirokini ta'minlash Voyaga yetmaganlarning tarbiyasi va ularning huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlar ijrosi Prokuror jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar tomonidan voyaga yetmaganlar to'g'risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni olib borib, o'z vakolatlari doirasida: surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan tekshirish uchun jinoyat ishlarini, surishtiruv, tezkor qidiruv faoliyatining hujjatlari va materiallarini hamda boshqa ma'lumotlarni talab qiladi. Ushlanganlarni vaqtincha saqlash xonalarida, tergov xibsxonalarida va qabul qilish - taqsimlash xonalarida har oyda kamida bir marta voyaga yetmaganlarni ushlash, qamoqqa olish va saqlashning qonuniyligini tekshiradi. Tergovchining va surishtiruvchining noqonuniy hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar sodir etilishi sabablari har olti oyda chuqur o'rganilib, bunday holatlarni bartaraf etishning zarur chora-tadbirlarini ko'radi. Surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish bo'yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki to'la xajmda amalga oshiradi, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlardan foydalanadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan surishtiruv va tergov harakatlarining qonunlarda belgilangan talablarga to'liq amal qilgan holda olib borilishi, bunda ularning shaxsi chuqur o'rganilib, kafolatlangan huquqlari ta'minlanadi. Jinoyatning sodir etilishiga imkoniyat yaratgan shart-sharoitlarni bartaraf qilishga,qaratilgan qatiy choralar ko'rilib, o'smirlarni ichkilikbozlikka, giyohvandlikka va boshqa jinoiy faoliyatga jalb qilgan katta yoshdagi shaxslarning javobgarlik masalasi o'z vaqtida hal etadi. Voyaga yetmaganlarni asossiz qamoqqa olish va jinoiy javobgarlikka tortishga yo'l qo'yilmasin. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo'llanilayotganida jinoyatga qo'l urgan o'smirlar prokurorlar tomonidan shaxsan so'roq qilinadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar sodir etilishi sabablari har olti oyda chuqur o'rganilib, bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rilsin. Ularni jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi va ozodlikdan mahrum etilganlarini jazo o'tash joylarida qayta tarbiyalash ishlari doimiy nazoratga oladi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan yuritilgan jinoyat ishlarini tugatish, to'xtatish yoki jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqidagi materiallarning barchasi istisnosiz, qonunda belgilangan muddatlarda o'rganib chiqishning qatiy tartibi o'rnatiladi. A) Voyaga yetmaganlarning qarovsizligiga qarshi kurash bo'yicha qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish. Voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishi va ular tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olishda hokimliklar tarkibidagi voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyalar muhim rol o'ynaydi. Bu komissiya ota-onasiz qolgan yoki ota-onasi o'z ota-onalik majburiyat hamda burchlarini bajarmayotgan, ularni tarbiyasiga befarq bo'lgan holdagi bolalarni, voyaga yetmaganlarni, shuningdek ishga joylashishga, o'qishga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.35 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.35 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga