Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarini shakllantirish Reja: 1-. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining huquqiy maqomi. 2-. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi shakllanishi tartibi. 3-. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining funksiyalari 4-. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatining asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari O'zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to'g'risidagi Qonuniga muvofiq 1992 yil yanvardan boshlab viloyat, tuman va shaharlarda joylardagi vakillik hamda ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga rahbarlik qiluvchi hokimlik lavozimi joriy etildi. Hokimliklar mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni umumdavlat nuqtai nazaridan va hududda yashayotgan fuqarolarning manfaatlariga asoslangan holda hal qilishlari belgilab qo'yildi. Mahalliy davlat hokimiyatiga oid vazifalarni bajarish uchun hokimlar huzurida ijroiya apparati tuzildi. Bu apparat ilgari xalq deputatlari Kengashlari va ijroiya qo'mitalari bajarib kelgan vazifalarni o'z zimmasiga oldi. Shu bilan birga Respublika va mahalliy darajada boshqaruv organlarining vazifalari aniq chegaralab qo'yildi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mahalliy davlat hokimiyatining asoslarini belgilab berdi. Konstitutsiyaning XXI bobida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etishi, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga kiradigan masalalar, ularning vakolat muddati, hisobdorligi, mansabdor shaxslarni lavozimga qo'yilishi, javobgarligiga oid normalar ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatiga ehtiyoj tug'ilganligi bois, 1993 yil 2 sentabrda O'zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun VII bob, 29 moddadan iborat bo'lib, o'z vaqtida mahalliy davlat hokimiyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishda ijobiy ahamiyat kasb etdi. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatiga oid bo'lgan normalar 50 dan ziyod qonunlarda va boshqa normativ hujjatlarda ham o'z aksini topgan.Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, davlat qurilishi va boshqaruvi borasidagi ishlarni izchil amalga oshirish borasida yangi talablarni qo'ymoqda. Mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar, xususan, ikki palatali parlamentning tashkil etilishi, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash jarayonlari O'zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi Qonunini yanada takomillashtirishga sabab bo'lmoqda. Ayniqsa, Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari modelining ilgari surilayotganligi, ushbu Qonunni hozirgi zamon talablariga qanchalik javob bera olishini o'rganish, shu bilan birga qonunda belgilangan normalarni qo'llanish darajasini, holatini aniqlash, baholash, salbiy jarayonlarni prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida uning monitoringini o'tkazish zaruratini vujudga keltirdi. Bizga ma'lumki, Oliy Majlis sessiyalari Respublika miqyosida juda katta ahamiyatga ega bo'lib, sessiyaning o'tishi, unga kiritilgan masalalar va ularning hal etilishi, qonunlarning qabul qilinishi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.04 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.04 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc