Xalq hokimiyatchiligi tizimida o'zini o'zi boshqarish organlarining o'rni

Xalq hokimiyatchiligi tizimida o'zini o'zi boshqarish organlarining o'rni

O'quvchilarga / Huquq
Xalq hokimiyatchiligi tizimida o'zini o'zi boshqarish organlarining o'rni - rasmi

Material tavsifi

Xalq hokimiyatchiligi tizimida o'zini o'zi boshqarish organlarining o'rni Reja: O'zini o'zi boshqarish organlari tushunchasi va tizimi Fuqarolar yig'ini Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) O'zini o'zi boshqarishning ijroiya organlari O'zini o'zi boshqarish organlari tushunchasi va tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (32, 105-moddalariga) binoan o'zini o'zi boshqarish ham bevosita xohish-iroda izhor etishning turli shakllari yo'li bilan, ham fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. Kun sayin hal etiladigan mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarning eng katta hajmi ayni o'zini o'zi boshqarish organlari zimmasiga tushadi. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi Qonuniga binoan mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish vakolati berilgan va davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydigan, saylab qo'yiladigan organlar o'zini o'zi boshqarish organlaridir (1,7-moddalar). Jamiyat va davlatni idora qilish demokratik tizimida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari alohida o'rin oladi. Bu o'rin avvalo shu bilan belgilanadiki, o'zini o'zi boshqarish organlarining mavjudligi boshqaruv tizimini nomarkazlashtirishni ta'minlaydi, natijada boshqaruv tizimi tarixiy rivojlanish xususiyatlari, milliy va ma'naviy qadriyatlar, mahalliy urf-odat va an'analarni hisobga olgan holda joylardagi aholining manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladigan holga keladi. Xalqning o'z hokimiyatini bevosita, shuningdek davlat hokimiyati organlari va o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshirishi shuni bildiradiki, davlat organlari ham, o'zini o'zi boshqarish organlari ham hokimiyat organlaridir, xalq o'z hokimiyatini mazkur organlar orqali ro'yobga chiqaradi. Shu bilan birga bu organlar hokimiyatni amalga oshirishning turli shakllaridan iborat. Davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar davlat apparatining tarkibiy birliklaridir, davlat organlaridir. Shu sababli ular tomonidan amalga oshiriladigan halq hokimiyati davlat hokimiyati shaklida bo'ladi. Bundan avvalgi boblarda bayon etilganidek, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari davlat boshqaruv mexanizmining tarkibiy qismi emas. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi Qonun (7-moddasi)ga ko'ra bu organlar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi, shu boisdan ular halqning o'z hokimiyatini amalga oshirishida alohida bir shakl hisoblanadi. O'zini o'zi boshqarish tizimi deganda mahalliy ahamiyatga molik va mahalliy turmushga oid masalalarning hal etilishini ta'minlash vositasi bo'lgan turli tashkiliy shakllar majmuasi tushuniladi. O'zini o'zi boshqarish tizimi O'zbekistonda o'zini o'zi tashkil etishning demokratik prinsiplariga asoslanganligi, jamiyat va davlatda o'zini o'zi boshqarishnig roli va funksiyasini hisobga olish asosiga qurilganligi, mahalliy manfaatlar, tarixiy va boshqa mahalliy an'analarga tayanganligi tufayli uni yagona bir tizim desa bo'ladi. Davlat doirasida yagona tizimni hosil qiluvchi davlat organlaridan farqli o'laroq o'zini o'zi boshqarish tegishli o'zini o'zi boshqarish tuzilmalari doirasidagina yagona tizimni hosil qilishini nazarda tutmoq kerak. O'zini o'zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organi bo'lmagani holda qatiy xarakterdagi hokimiyatni amalga oshiradi. Shu sababli ular o'z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar o'zini o'zi boshqarish hududidagi barcha korxona, tashkilot, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.86 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.86 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga