xalqaro huquq manbalari. xalqaro huquq prinsiplari Reja: 1. xalqaro huquqda huquq ijodkorligining o'ziga xos xususiyatlari. 2. xalqaro ommaviy huquqning asosiy va yordamchi manbalari. xalqaro ommaviy huquq manbalarining ierarxiyasi. 3. xalqaro ommaviy huquqda yangi manbalarning paydo bo'lishi. Davomi: 4. Jus cogens normalari va xalqaro ommaviy huquq prinsiplari. 5. Yumshoq huquq (soft law) tushunchasi va roli. XOHning o'ziga xosliklari xalqaro-huquqiy tizim, ayniqsa, milliy-huquqiy tizimlarga nisbatan ko'p jihatdan gorizontal va markazlashmagan huquqiy tartib; Konstitutsiya yo'q Boshlang'ich subyektlarning o'zlari tomonidan hech qanday qonun chiqaruvchi organlar, huquqiy normalar ishlab chiqilmagan; Markaziy Qonunchilik organi va ierarxik sud hokimiyatining yo'qligi xalqaro huquqqa xosdir. 5 xalqaro huquqning manbalari xalqaro shartnomalar xalqaro odat Huquqning umumiy prinsiplari xalqaro tashkilotlarning qarorlari, rezolyutsiyalari xalqaro sud qarorlari Doktrinalar xalqaro huquqning manbalari ro'yxati BMT ning xalqaro sudi Statutining 38-moddasida qayd etilgan: O'ziga biriktirilgan nizoli ishlarni xalqaro huquq normalari asosida hal qilish majburiyatiga ega bo'lgan sud quyidagilarni qo'llaydi: a) nizolashuvchi davlatlar tomonidan malum jihatdan tan olingan, qoidalarni o'rnatuvchi umumiy va maxsus xalqaro konvensiyalar; b) umumiy tajribaning isboti sifatida huquqiy norma sifatida tan olingan xalqaro odat normalari; Davomi: s) madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy prinsiplari; d) huquqiy normalarni belgilash uchun yordamchi vosita sifatida sud qarorlari va malakali mutaxassislarning turli millatlarning ommaviy huquqqa oid ta'limoti (doktrina). Asosiy manbalar xalqaro shartnomalar xalqaro odat Huquqning umumiy tamoyillari xalqaro shartnoma nima? xalqaro shartnoma - xalqaro huquqning bir, ikki yoki bir qancha subyektlari o'rtasida o'zaro huquq va majburiyatlarini yaratish yo'li bilan aniq ifodalangan, nomlanishidan qati nazar, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan bitim. xalqaro shartnoma - davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlarining o'rtasidagi o'zaro huquq va majburiyatlarini o'rnatish, ijro etish, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan tegishli tartibdagi roziligi hisoblanadi. Shartnomalar xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasi (1969) davlatlar o'rtasida yozma shaklda tuzilgan va xalqaro huquq bilan boshqariladigan xalqaro bitim. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnomalar to'g'risidagi Vena konvensiyasi (1986) davlatlar bilan xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlarning o'zlari o'rtasida yozma shaklda tuziladigan va xalqaro huquq bilan boshqariladigan xalqaro bitim Konvensiyalar, xalqaro shartnomalar, Paktlar, Umumiy yo'riqnomalar, Ustavlar, Statutlar, Deklaratsiyalar. xalqaro konvensiyalar Umumiy xalqaro konvensiyalar deb barcha davlatlar ishtirok etadigan yoxud ishtirok etayotgan hamda barcha xalqaro hamjamiyat uchun umummajburiy ahamiyatga ega bo'lgan normalarni o'zida aks ettirgan shartnomalar, yani umumiy xalqaro huquq normalari tushuniladi. Maxsuslariga esa malum bir cheklangan ishtirokchi davlatlar ishtirok etgan shartnomalar tushuniladi. xalqaro odatlar xalqaro odatlar xalqaro huquq normalarini tashkil etib, u shunday yurish-turish qoidasiki, unda xalqaro huquq subyektlarining har doim takrorlanuvchi bir turdagi o'xshash xatti-harakatlarining mahsuli sifatida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:19:38
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:19 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: pptx